Dokumentatsiya endi ikkinchi darajali emas
Shu paytgacha dasturchilar uchun dokumentatsiya doim "keyin yozamiz" toifasida bo'lib keldi. Kimdir vaqt topib yozib qo'yardi, kimdir umuman e'tibor bermasdi. Ko'p tashkilotlarda esa yagona "tirik dokumentatsiya" — bu dasturchining o'zi: nima qanday ishlashini faqat u biladi.
Endi kodni AI yozayotgan davrda vaziyat o'zgardi.
Dasturchi endi kod qanday yozilganini va ichida nima bo'layotganini to'liq bilmaydi. Biror muammo chiqsa, yana o'sha AI-dan so'rashga majbur. Ya'ni "tirik dokumentatsiya" ham yo'qoldi — bilim na odamda, na hujjatda qolmayapti.
Shuning uchun dokumentatsiya, ayniqsa API dokumentatsiyasi, endi birlamchi masalaga aylanishi kerak. Kodni kim yozganidan qat'i nazar, tizim qanday ishlashini tushuntiruvchi yozma manba bo'lishi shart.
@uzdevid
Post #616
730
- 👍 3
- 🔥 1
- 👏 1