Do'stlar, deyarli hamma chatgpt haqida eshitib bo'ldi. U bilan hamma narsa qilsa bo'ladi deb ham gaplashyapmiz, qilganlarni ko'ryapmiz. Lekin hali sinab ko'rmaganlar juda ko'p, eshitmaganlar ham. Imkoniyatini ham yaxshi bilmaymiz. AyTini, dasturlashni tushunmaydigan odamlar ham buni "ta'mini tatib" ko'rishlari kerak. Chunki ,Reddit va X ijtimoiy tarmoqlarida juda ko'p odamlarni postlarini o'qiyapmiz, ular dasturlashni tushunmasalar ham, har xil turdagi loyihalar, applar qilib, bozorga chiqishyapti. Ular o'zlari o'ylagan g'oyalarini sinab ko'rishyapti.
Ishoning, g'oyangizni sinab, uni realizatsiya qilib ko'rish hozirda juda arzonga aylanadi. Buni dasturchi bo'lmasangiz ham qilib ko'rsangiz bo'ladi.
Men aynan shunday insonlar uchun o'zbek tilida kichkina qo'llanma tayyorlattirdim. Erinmang, o'qib ko'ring.
Agar "yaxshi narsa ekanku, manam sinab ko'raman, bu ishlarni qilib bo'lgandan keyin nima qilaman?" deydiganlar bo'lsa, qilgan loyiha, applarni foydalanuvchilarga taqdim qilish, serverga yuklash, qisqasi ishga tushirishni ham qo'llanmasini soddaroq qilib taqdim qilaman.
$20 = 250 ming so'm - 1 oyga. 1 oy sotib olib foydalanib ko'ring, mazasinni his qiling, ishoning agar bir kirishib ketsangiz, o'z domiga tortib ketadi, uxlolmay chiqasiz.
G'oyalari ko'p tanishlaringizga yuborib qo'ysangiz bo'ladi.
Eng muhimi — boshlang. Birinchi loyihangizni bugun qiling. Xato qilishdan qo'rqmang — Claude sizga yordam beradi!
Marhamat: https://claude.ai/public/artifacts/bb0aa2b1-d52f-46d3-bb2e-5379c92b8e46