Dasturchilar bo'sh vaqtlarida ba'zan esa uxlamasdan kichik loyihalar qilishadi. Afsuski bu loyihani ommalashishiga va rivojlanishiga birgina kodning o'zi kamlik qiladi.
Dasturchilar hamjamiyatini qo'lidan kamida nima keladi? Foydasiz va ishonchsiz ko'rinsa ham, sizni kundalik hayotingizda kerak bo'lmasa ham ishlatib ko'ring!
Siz uchun bu oddiy ish, lekin u loyihani yaratgan inson uchun katta ko'rsatgich. Ehtimol bu loyiha ommalashib ketar, balki! Lekin hech bo'lmasa biz qo'llab quvvatlamasak quruq kod bo'lib qolib ketishi aniq.
Kanal va guruh egalariga esa alohida tegishli, siz uchun arzimas 2 qatorli post bilan loyihani kelajagini hal qilib qo'yishiz mumkin.
Zero biz qo'llab quvvatlamasak o'zga sayyoraliklar buni qilmaydi :)
@uzdevid
Post #449
9.27K
- 🔥 10
- ❤ 3
- 🥰 3
- 👏 3
- 😁 2
- 👍 1