Raya vs boshqalar
Bilishimcha Rayaning muqobili yo'q. Hozirgi beta versiyani o'zida chatbotlardan ustun tarafi bor. Raya chatbotlar javob berganki savollarga javob bera oladi va uni ustiga amaliyotni ham bajaradi.
Ya'ni, biror chatbotga kod yozdirsangiz, kod yozib beradi tamom. Kodni copy qilib, fayllarga saqlab ishlatasiz.
Raya esa, huddi o'sha kodni yozib beradi, aytilgan joyga fayllarni yaratadi, loyihani ishga tushurib brauzerdan ochib ham beradi. Va bu faqat kompyuteringizda bo'layotgan ishlar.
Tasavvur qiling nechta internet bilan ishlay oladigan qurilmalar bor? Smart watch, aqilli uy, server, avtomagnitola va yana bir qanchasi bor. Bulardan tashqaru yuzlab online servislarga integratsiya qilsa bo'ladi.
Raya tizimi orqali hammasini jamlab bir biri orqali boshqarsangiz bo'ladi. Va haqiqattan ham Raya sizning virtual olamingizdagi yordamchingiz bo'ladi!
raya.uzdevid.com
@uzdevid
Post #434
6.84K

- 🔥 10
- ❤ 8
- 👍 5
- 👏 2