TGViewer
UzDevid UzDevid @uzdevid · 4.37K subscribers
Post #412 7.83K
Sun'iy idrok dasturchilarni ishsiz qoldiradimi?

Angliya, XIX asr birinchi choragi. Hunarmandlar ishni osonlashtiruvchi va avtomatlashtiruvchi fabrika va uskunalarga qarshi urush e'lon qilib ularni yoqib vayron qilishdi.

Nega? Chunki, bu yangiliklar ishsizlar sonini karrasiga ortirib yuboradi deb hisoblashgan.

Zamon bir joyda turmaydi, bir ish yo'qolib ketadi o'rniga esa bir (yoki bir nechta) ish va mutaxasisslik paydo bo'ladi.

Bizni kasbda esa o'zgarishlar juda tez sodir bo'ladi. Bir texnologiya eskiradi, o'rniga boshqasi kirib keladi. SI ham shunday, xa qachondir hozirgi dasturlash tushunchasidagi mutaxasislik yo'qolib ketishi mumkin.

Lekin buni o'rniga boshqa mutaxasisslik paydo bo'ladi. Yangiliklarga o'ch va o'zgarishga tayyor insonlar bundan zarar ko'rishmaydi.

Frameworklar va CMS-lar chiqishi ham bunga misol bo'lishi mumkin. Axir ular chiqganiga qancha bo'ldi, lekin dasturchilar haliyam ishlab kelyabti.

Qisqa qilib aytganda yangilikdan qo'rqmang - aksincha buni o'z foydangizga ishlating!

Va umuman olganda rizqimizni qiyish - bandasigamas, bandasi yasagan narsagayammas :)

@uzdevid - Ibragimov Diyorbek
  • 👍 16
  • 🔥 8
  • ❤ 3
  • 👏 3
  • 🤔 2
More from @uzdevid
  1. Sep 24, 2026Kim nima desa desin, confluxga baza bilan ishlash uchun drayver qo'shdim. DataGrip analogi…
  2. Sep 22, 2026Opus 5.5 chiqdi, limitlarni reset qilish ham mumkin ekan, menga o'xshab 20%-da emas, 99%-d…
  3. Sep 22, 2026chiqaramiz nasib )) @uzdevid
  4. Sep 22, 2026Xa aytganchi, keyingi oyda macOS uchun ham chiqaramiz. Qo'llab-quvvatlash uchun: https://t…
  5. Sep 22, 2026Conflux 0.7.0 reliz qilindi. O'zgarishlar: - bug-lar to'g'rilandi - request-larni sozlash…
  6. Sep 19, 2026Til endi to'siq emas. Raya platformasida yangi imkoniyat. Kompyuteringizdan chiqayotgan ha…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →