TGViewer
UzDevid UzDevid @uzdevid · 4.37K subscribers
Post #357 10.3K
is_null yoki \is_null, qaysi biri afzal va nima uchun?

is_null - php-ning bu funksiyasi haqida yozish shart emas deb o'ylayman. Ushbu funksiyani har ikki hil chaqirish uslubi bir xil natija qaytarsada ularning chaqirilish mexanizmi tarafdan farqi bor.

Nom bo'shlig'i (namespace) mavjud bo'lgan loyihada, is_null deya chaqirilsa, php avvalo joriy nom bo'shlig'dan (namespace) is_null nomli funksiyani qidiradi, topaolmasa so'ng global funksiyalar ichidan ushbu funksiyani chaqiradi. Va bu orada sezilarli bo'lmagan vaqt sarflaydi.

\is_null (backslash) orqali funksiya chaqirilsa, php joriy nom bo'shlig'iga (namespace) ahamiyat bermasdan, bevosita global funksiyalar ichidan chaqiradi.

Bu tezlikning farqi amalda sezilmasligi mumkin, lekin murakkab loyihalar 'namespace' bilan ishlaganda \is_null afzalroq bo'ladi.

Huddi shu tartib is_array, in_array, class_exists, end va boshqa global funksiyalarda ham ishlaydi.

@uzdevid
  • 👍 12
  • 🔥 3
  • 👎 2
  • 👏 2
  • ❤ 1
More from @uzdevid
  1. Sep 24, 2026Kim nima desa desin, confluxga baza bilan ishlash uchun drayver qo'shdim. DataGrip analogi…
  2. Sep 22, 2026Opus 5.5 chiqdi, limitlarni reset qilish ham mumkin ekan, menga o'xshab 20%-da emas, 99%-d…
  3. Sep 22, 2026chiqaramiz nasib )) @uzdevid
  4. Sep 22, 2026Xa aytganchi, keyingi oyda macOS uchun ham chiqaramiz. Qo'llab-quvvatlash uchun: https://t…
  5. Sep 22, 2026Conflux 0.7.0 reliz qilindi. O'zgarishlar: - bug-lar to'g'rilandi - request-larni sozlash…
  6. Sep 19, 2026Til endi to'siq emas. Raya platformasida yangi imkoniyat. Kompyuteringizdan chiqayotgan ha…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →