TGViewer
UzDevid UzDevid @uzdevid · 4.36K subscribers
Post #168 2.39K
+998995870707

Click Xafsizligidan qo'ng'iroq qilishdi, aytishlaricha mening akkauntimga iPhone 6, Buxoro viloyatidan kirishmoqchi bo'lishgan va kartalarimni boshqa telefon raqamga o'tkazmoqchi bo'lishgan(mish)

Telefon raqamimga kod yuborishdi, va uni mendan so'rashdi va eslatishti 3chi shaxsga bu kodni bermang deb. Sms habarda ham bu yozilgan. Sms kodni bermadim.

Sizni tushunamiz, firibgarlikdan ehtiyot bo'lyabsiz, ishonch hosil qilishingiz uchun kartalaringizni aytaman dedi va agrobank, aloqabank, sqb, ...

Ishonishimga oz qoldi.

Ofisingizga boraman desam yo'q, ish vaqti tugagan deyishti. (Qiziq unda nega ular ishda?)

Ertaga boraman desam, ertagacha sizi kartalarizi olishlari mumkin.

Kartamda pulim yo'q desam nomizga kredir rasmiylashtirib qo'yishlari mumkin deyishti. - Hatto o'zim ham bunchalik tez va oson kredit olomasam kerak...

Hullas ancha yalintirdim, maqsadiga erisholishmadi. Bilganizi qiling dedim, achchiq qilib telefonni qo'yib qo'ydi.

Keyin clickni rasmiy telefon raqamiga qo'ng'iroq qilib bo'lgan holatni aytdim, tezda ko'rib, o'zi sizda ikkita qurilma bor ekan, va ikkalasi ham iPhone emas dedi. Va biz mijozlarga bunday qo'ng'iroq qilmaymiz, agar qilsak ham bizda faqat bitta raqam bor dedi.

Clickni rasmiy raqami: +998712310880

Sms kodni hodimlar ham hech qanaqa holatda mijozdan talab qilishmaydi!

Firibgarlar sizlarga har hil aniq bo'lgan ma'lumotlar berishadi, karta raqamlaringizni, bank nomlarini aytishadi va havf kattaligini ham eslatishadi. Bundaylarga ishonmang, oson o'lja bo'lib qolmang!
  • 👍 11
  • 🔥 3
More from @uzdevid
  1. Sep 24, 2026Kim nima desa desin, confluxga baza bilan ishlash uchun drayver qo'shdim. DataGrip analogi…
  2. Sep 22, 2026Opus 5.5 chiqdi, limitlarni reset qilish ham mumkin ekan, menga o'xshab 20%-da emas, 99%-d…
  3. Sep 22, 2026chiqaramiz nasib )) @uzdevid
  4. Sep 22, 2026Xa aytganchi, keyingi oyda macOS uchun ham chiqaramiz. Qo'llab-quvvatlash uchun: https://t…
  5. Sep 22, 2026Conflux 0.7.0 reliz qilindi. O'zgarishlar: - bug-lar to'g'rilandi - request-larni sozlash…
  6. Sep 19, 2026Til endi to'siq emas. Raya platformasida yangi imkoniyat. Kompyuteringizdan chiqayotgan ha…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →