TGViewer
UzDev Jobs – IT Jobs UzDev Jobs – IT Jobs @uzdev_jobs · 26.1K subscribers
Post #8404 3.43K
🔲 Dev Dasturxon — 26-sentabr kuni TATUda

Dasturlashni o‘rganayotgan va IT sohasida karyera boshlashni istaganlarni Dev Dasturxonga taklif qilamiz. Turli universitetlar talabalari va dasturlashda ilk qadamlarini qo‘yayotganlar bilan bir davrada uchrashamiz!

Yandex Uzbekistan mutaxassislari bilan muhandislik masalalarini muhokama qilamiz, amaliy topshiriqlarda o‘zimizni sinab ko‘ramiz va jamoamizda amaliyot o‘tash imkoniyatlari haqida suhbatlashamiz.

Dasturda:
— dasturlash va muhandislik haqida texnik ma’ruzalar;
— real vazifalar ustida ishlash uchun Dev Case va Code Battle;
— rezyumelar tahlili uchun CV Workshop hamda rekruterlar va xodimlar bilan Career Speed Dating;
— yangi tanishuvlar, merch va yeguliklar.
Asosiy dasturdan so‘ng — kechki ovqat, musiqa va norasmiy muloqot. Tadbir asosan o‘zbek va ingliz tillarida o‘tadi.

📅 26-sentabr, 12:00
📍 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Ishtirok bepul, joylar soni cheklangan. 24-sentabrgacha ariza topshiring. Har bir ariza alohida ko‘rib chiqiladi, ro‘yxatdan o‘tish ishtirokni kafolatlamaydi — tasdiq xatini elektron pochta orqali yuboramiz.

➡️ Ariza topshirish
More from @uzdev_jobs
  1. Sep 22, 2026#backend #python #fastapi Backend Developer (Senior) — zehnmind.ai Company: zehnmind.ai Lo…
  2. Sep 21, 2026#mentor DASTURCHI USTOZ KERAK!!! Lavozim: Front-end dasturlash ustozi Kompaniya: Ilmla ta'…
  3. Sep 18, 2026#smm Приглашаются на должность SMM-менеджера в маркетинговое агентство Fusion agency. Наше…
  4. Sep 18, 2026#mentor Najot Ta'lim loyihasi bo'lgan Robbit akademiyasi robototexnika+dasturlash mentorla…
  5. Sep 18, 2026#andijan #frontend #mentor Meta IT School — Andijondagi 7 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan bol…
  6. Sep 17, 2026#flutter Jamoamizga kuchli Flutter dasturchi izlayapmiz Vazifalar: — Flutter'da iOS va And…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →