Mutaxassislar uchun bu yangilik mukofotning o‘zidan ko‘ra, kompaniya ichida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari bilan qiziqroq.
Xodimlarning 95 foizi kompaniyani ishlash uchun ajoyib joy deb baholagan.
Ish sharoitlari va mehnat muhiti bo‘yicha ko‘rsatkichlar esa yanada yuqori:
🔹 98 foizi zarur resurslar va jihozlar bilan ta’minlanishini aytgan
🔹 98 foizi ularga yuqori darajadagi mas’uliyat ishonib topshirilishini qayd etgan
🔹 98 foizi xodimlarga jinsidan qat’i nazar adolatli munosabatda bo‘linadi, deb hisoblaydi
🔹 99 foizi ish joyini jismoniy jihatdan xavfsiz deb baholagan
🔹 98 foizi ofis muhitini samarali ishlash uchun qulay deb hisoblaydi
Yangi boshlayotgan mutaxassislar uchun yana bir muhim jihat: Yandex Uzbekistan stajirovkalarni rivojlantirmoqda. Ular orqali talabalar va yosh mutaxassislar real loyihalarda ishlash hamda kompaniya jamoalari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.
Hozir IT sohasida qaysi yo‘nalishda rivojlanishni tanlayotganlar uchun bunday natijalar ish beruvchini tanlashda muhim omillardan biri bo‘lishi mumkin.
👍 Yandex Uzbekistan uchun Great Place to Work sertifikati Yango Group sertifikatsiyasining bir qismidir. 2026-yilda kompaniyaning 17 ta mamlakat va bozordagi bo‘linmalari sertifikatga ega bo‘ldi. 2025-yilda esa bu ko‘rsatkich 9 ta edi.
Umuman olganda, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlarga bu yerda haqiqatan ham jiddiy e’tibor qaratilayotganga o‘xshaydi.
