TGViewer
Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining Industry and Geology Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining Industry and Geology @uzdavgeolcom · 14.2K subscribers
Post #24516 14.4K
💠 Tog‘-kon sanoatidagi yangiliklar va innovatsiyalar eʼtirof etildi

“Zakovat” arenada o‘tgan tadbirda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi miqyosida 2025-yil davomida sanoat korxonalarida joriy qilingan eng samarali ratsionalizatorlik takliflari boʻyicha tanlovning tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va muhandislik-texnik gʻoyalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ushbu tanlovda gʻoliblar quyidagi nominatsiyalar boʻyicha munosib taqdirlandilar:

1-oʻrin — “Yilning eng yaxshi ratsionalizatorlik taklifi”:
“Navoiy KMK” AJ vakili
2-oʻrin — “Yilning eng yaxshi amaliy taklifi”:
“Navoiyuran” DK vakili;
3-oʻrin — “Yilning eng yaxshi innovatsion yondashuvi”:
 “Olmaliq KMK” AJ vakili;

“Yilning eng yosh ratsionalizatori”:
 “Oʻzbekkoʻmir” AJ vakili.


Shuningdek, tadbirda 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Vazirlik tizimidagi 4 ta oliy taʼlim muassasasida uzoq yillardan beri samarali faoliyat yuritib kelayotgan, yoshlarga chuqur bilim va tarbiya berishda alohida jonbozlik koʻrsatgan ustoz-murabbiylar eʼtirof etildi.

🔹 🔹 🔹

💠 Признание инноваций и достижений в горнодобывающем секторе
 
В арене «Заковат» состоялась торжественная церемония награждения победителей конкурса на самые эффективные рационализаторские предложения, внедренные на промышленных предприятиях системы Министерства горнодобывающей промышленности и геологии в течение 2025 года. Направленный на повышение эффективности производства и поддержку инженерно-технических идей, конкурс определил лучших в следующих номинациях:

1-е место — «Лучшее рационализаторское предложение года»: представитель АО «Навоийский ГМК»;
2-е место — «Лучшее практическое предложение года»: представитель ГП «Навоийуран»;
3-е место — «Лучший инновационный подход года»: представитель АО «Алмалыкский ГМК»;

«Лучший молодой рационализатор года»: представитель АО «Узбекуголь».

 
Также в рамках мероприятия по случаю 1 октября — Дня учителей и наставников — были отмечены заслуги самоотверженных педагогов, которые на протяжении многих лет ведут плодотворную деятельность в 4 высших учебных заведениях системы Министерства, проявляя особое усердие в обучении и воспитании молодежи.

#kongeologiya #mingeo #Yilning_eng_yaxshi_ratsionalizatorlik_taklifi #tanlov #NKMK #OKMK #Ozbekkomir #Navoiyuran #etirof #Ustoz_murabbiylar_kuni

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn
More from @uzdavgeolcom
  1. Oct 14, 2026💠 Senat Kengashi majlisida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi…
  2. Oct 14, 2026💠 “O‘zbek tilim, jonu dilim” shiori ostida diktant o‘tkazildi O‘zbek tiliga davlat tili m…
  3. Oct 14, 2026Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →