💠 Yuta universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-yil 2-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov, vazirlik mutasaddilari, GFU rahbariyati ishtirokida AQShning Yuta universiteti Global aloqalar boʻyicha prorektori hamda universitetning Xalqaro ishlar boʻyicha katta xodimi Rendi MakKrillis boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv avvalida xorijiy delegatsiya vakillari samimiy mehmondoʻstlik uchun minnatdorlik bildirib, Oʻzbekiston va Yuta universiteti oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish muhimligini qayd etdilar.
Muloqot davomida vazirlik tomonidan geologiya va togʻ-kon sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, soha mutaxassislarining malakasini oshirish, shuningdek, zamonaviy texnologik yoʻnalishlarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish muhimligi taʼkidlandi.
Yuta universiteti vakillari taʼlim yo‘nalishlaridagi hamkorlikni rivojlantirish, xususan, soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ilmiy-tadqiqotlarda aloqalarni kengaytirishga qiziqish bildirdilar.
🔹 🔹 🔹
💠 Состоялась встреча с делегацией Университета Юты
2 октября 2026 года министр горнодобывающей промышленности и геологии Республики Узбекистан Б.Исламов, ответственные лица министерства и руководство УГН провели встречу с представителями делегации США во главе с проректором по глобальным связям Университета Юты и старшим сотрудником университета по международным делам Рэнди Маккриллисом.
В начале встречи представители зарубежной делегации выразили благодарность за теплое гостеприимство и отметили важность дальнейшего развития двустороннего сотрудничества между Узбекистаном и Университетом Юты.
В ходе диалога со стороны министерства была подчеркнута важность расширения сотрудничества в области развития научно-исследовательских работ в геологической и горнодобывающей сферах, повышения квалификации специалистов отрасли, а также реализации совместных проектов по современным технологическим направлениям.
Представители Университета Юты выразили заинтересованность в развитии сотрудничества в образовательной сфере, в частности, в подготовке высококвалифицированных кадров для отрасли и расширении связей в научно-исследовательской деятельности.
#kongeologiya #mingeo #xalqaro_hamkorlik #uchrashuv #Yuta_universiteti #GFU #talim #loyihalar
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn
Post #24409
430



