TGViewer
Channel Public Channel
UzCombinator

UzCombinator

@uzcombinator

UzCombinator — O’zbekistondagi startaplarni tez o’stiruvchi akselerator 🚀

Asoschilarimiz nimalarga ega bo'lishadi?

- 45 kunlik intensiv dastur
- $1000 stipendiya
- $1.000.000 gacha investitsiya

3-mavsum uchun ochiq: https://uzcombinator.uz/apply
Subscribers
8.49K
Photos
771
Videos
66
Links
220

Showing posts older than #1190 · Back to latest

Older Posts 8 shown
Post #1189 2.15K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 🔥 4
  • ⚡ 2
  • ❤ 2
Post #1188 2.09K
Bizda kunni ikkinchi qismida navbatdagi sessiya bo’lib o’tmoqda 🚀
  • ❤ 4
  • ⚡ 1
  • 🔥 1
Post #1182 2.36K
🇺🇸AQSh bozoriga qanday qilib to'g'ri va samarali chiqish mumkin?

Bugungi 1-sessiyamizda asoschilarimiz uchun Silkroad Innovation Hub'ning O'zbekistondagi Dastur menejeri — Shohrux Ibragimov bilan navbatdagi "US Market Entry Programs” sessiyasi bo'lib o'tdi! 🚀

📸 Muloqot davomida startaplarni AQSh va xalqaro bozorlarga olib chiqish borasidagi eng muhim amaliy maslahatlar muhokama qilindi.

📌 Bundan tashqari sessiya davomida quyidagi mavzularga e'tibor qaratildi:

• Silkroad Innovation Hub imkoniyatlari: Markaziy Yevroosiyo startaplarini Silikon vodiysi ekotizimi hamda AQSh investorlari bilan bog'lash tajribasi.

• Akseleratsiya va rezidentlik dasturlari: Alchemist Accelerator, Draper University kabi dunyoning top akseleratorlariga va Silikon vodiysidagi akseleratsion dasturlarga saralanish bosqichlari.

• AQSh bozoriga moslashish (Go-to-Market): Mahalliy B2B va B2C mijozlarni jalb qilish, to'g'ri positioning hamda xalqaro investorlar oldida samarali pitch qilish sirlari.

🔥Startaplarimiz o'zlarini qiziqtirgan savollarga to'g'ridan to'gri mehmondan javob olib, navbatdagi global qadamlarini rejalashtirib olishdi!

Ajoyib va foydali insaytlar uchun Shohrux Ibragimovga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz! 🤝

⚡️ @uzcombinator
  • ❤ 6
  • ⚡ 2
  • 👍 2
  • 🔥 1
Post #1173 2.26K
🚀 Y Combinator ichida nimalar bo'ladi?

Asoschilarimiz uchun maxsus tashkillashtirilgan kechagi master-klassimizda TwoLabs asoschisi va O‘zbekistonlik Y Combinator’ga qabul qilingan ilk founder — Sardor Rahmatulloev mehmonimiz bo'ldi 🔥

Sessiya shunchaki nazariya emas, balki jonli tajriba va real keyslarga boy bo'ldi⚡️

📌Sessiya davomida asoschilarimiz:

• Application sirlari: YC komissiyasi arizani baholashda birinchi navbatda nimaga e'tibor qaratishi va ko'pchilik yo'l qo'yadigan xatolar haqida suhbatlashishdi.

• Tavsif va aniqlik: Startap g'oyasini chalkashliklarsiz, aniq va lo'nda tushuntirib berish san'atini o'rganishdi.

• Q&A sessiyasi: Rezidentlarimiz o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga bevosita insayderdan aniq va amaliy javoblarni olishdi.

Ajoyib sessiya va ochiq muloqot uchun Sardor Rahmatulloevga minnatdorchilik bildiramiz! 🤝

⚡️ @uzcombinator
  • 🔥 9
  • ❤ 3
  • ⚡ 2
Post #1172 2.16K
🇺🇸Asoschilarimizni San Fransiskoga obormagan bo'lsak ham lekin San Fransiskoni UzCombinatorga olib keldik 😁

Izohlarda taxminlaringizni yozib qoldiringchi :)

⚡️ @uzcombinator
  • 🔥 7
  • ❤ 3
  • 😁 1
  • 🎉 1
Post #1171 2.16K
Kecha UzCombinator'da nimalar bo'lganini bilasizmi? 👀
  • 🤩 4
  • 🎉 2
  • ❤ 1
  • 😁 1
Post #1164 2.7K
🚀 UzCombinator 2-mavsumiga qabul qilingan 17 yoshli startaper Mehriniso bilan tanishing!

🇺🇿 Xorazmda tugʻilgan Mehriniso atigi 15 yoshida bobosining oʻquv markazini boshqarishni boshlagan. 2 yillik amaliy tajriba davomida u ta'lim tizimidagi katta muammoni payqadi: oʻquvchilar puxta tayyorlanishsa-da, real imtihon muhitini his qilmaslik va mock testlarning kamligi sababli yuqori sertifikatlarni qoʻlga kiritishda qiynalishardi.

Ushbu muammoga chek qoʻyish uchun Mehriniso GrowMock.uz startapiga asos soldi!

💡GrowMock — xalqaro va milliy sertifikatlarga tayyorlanish uchun onlayn platforma!

• Simulyator tizim: Haqiqiy imtihon formati va muhitini his qilish
• Xalqaro mocklar: Dolzarb va namunaviy testlar toʻplami
• AI-Ustoz: Sun'iy intellekt yordamida xatolarni darhol tahlil qilish

📈 Atigi 2 oy ichida erishilgan natijalar:
• 100,000+ foydalanuvchilar
• 10,000+ kunlik aktiv foydalanuvchilar
• $8,000+ daromad (MRR)

Siz ham milliy yoki xalqaro sertifikatlarga tayyorgarlik koʻryapsizmi?

👇 Izohlarda "growmock.uz" deb yozib qoldiring, biz sizga platformaga kirish havolasini yuboramiz!

⚡️ @uzcombinator
  • 🔥 16
  • ❤ 5
  • 🎉 3
  • 👍 2
  • ⚡ 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →