🚀 UzCombinator 2-mavsum ishtirokchilari uchun yana bir maxsus mehmon!
Bu safar UzCombinator 2-mavsum startaperlari Janubiy Koreyaning eng tajribali HR va tashkiliy rivojlanish mutaxassislaridan biri bilan uchrashadi 🇰🇷
👤 Sunghyun Hwang 33 yildan ortiq vaqt davomida global miqyosda HR va korporativ rivojlanish (Organizational Development) sohasida faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassis.
U Google, Yahoo, Kakao Corp va shunga o'xshash yirik xalqaro kompaniyalarda uzoq yillar davomida yuqori rahbar lavozimlarida ishlagan.
Hozirda u Gachon University (Gachon Cocone School)da professor sifatida talabalarga dars beradi, shuningdek turli kompaniyalarda maslahatchi sifatida ham faoliyat yuritadi.
Yillar davomida u dunyoning yetakchi texnologik kompaniyalarida jamoalar va liderlarni rivojlantirish bo'yicha ulkan tajriba orttirgan.
Endi esa shu tajribalarini 19-avgust kuni UzCombinator 2-mavsum ishtrokchilari bilan bo'lishadi!
⚡️ @uzcombinator
Post #871
5.44K

- ❤ 39
- ❤🔥 11
- 🔥 10