TGViewer
UzCombinator UzCombinator @uzcombinator · 8.43K subscribers
Post #864 6.42K
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident!

Siz bilan bo‘lgan har bir uchrashuv va muloqotda startaplar, innovatsiyalar va yosh asoschilarga bo‘lgan yuksak ishonch hamda alohida e’tiboringizni his qilamiz. Aynan mana shu ishonch minglab asoschilarga katta maqsadlar sari intilish, innovatsion mahsulotlar yaratish, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish va Yangi O‘zbekistonni global startup xaritasida munosib o‘rin egallashiga hissa qo‘shish uchun ilhom bag‘ishlamoqda.

Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida qilayotgan fidokorona mehnatlaringiz, bedor tunlaringiz uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz. Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, kuch-g‘ayrat va barcha ezgu maqsadlaringiz ro‘yobini tilaymiz.

Siz bildirayotgan yuksak ishonchni oqlash, Vatanimiz ravnaqi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida biz — yoshlar hamisha Siz bilan birgamiz! 🇺🇿

⚡️ @uzcombinator
  • ❤ 45
  • 🔥 17
  • 😁 7
  • 🎉 5
  • ⚡ 1
More from @uzcombinator
  1. Oct 4, 2026🚀 Qishloq xo'jaligida o'simlik kasalliklari kech aniqlangani sababli fermerlar har yili m…
  2. Oct 2, 2026🚀 Xorijiy universitetlarga kirishda research paper yozish endi muammo emas! 🔍 Xorijiy TO…
  3. Oct 1, 2026🤔 Uy hayvonini sotib olish, sotish yoki unga kerakli mahsulotni topish uchun yana qancha…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →