Xo'sh, keling ochig'ini aytamiz, bunday raqamlarni biz ham kutmagandik 👀
💻Jami 3.583 kishi ariza topshirdi. Bu 1-mavsumga qaraganda 2.46 barobar ko'p.
Matematikani his qilib ko'ring: bir o'ringa 119,4 kishi to'g'ri keladi. Ya'ni qabul qilinish ehtimolligi atigi 0,84%⚡️
UzCombinatorga qabul qilinish Harvardga kirishdan qiyinroq bo'lib ketdimi deyman a? 😅
📌 Bundan tashqari bizda yana quyidagi qiziqarli statistikalar mavjud:
• Eng faol yosh toifasi — 18-21 yosh (38,4%)
• 10 ta xalqaro davlatdan ham 45 ta asoschilar ariza topshirdi
• Startaplarning 41% allaqachon MVP bosqichida
• Eng ko'p yo'nalish — AI (21%) va Edtech (20%)
• Mahsulot turi bo'yicha yetakchi — SaaS (22%) va Mobile App (21%)
Va eng qizig'i ariza topshirganlar orasida 202 ta startapning o'z firmasi bor, 42 ta startap esa allaqachon investitsiya yoki commitment olgan 🔥
🚀 Bu shunchaki raqamlar emas. Bu O'zbekistonda startaplar qanchaki rivojlanayotganining isboti!
Natijalar qachon chiqadi degan savolga esa tez orada javob beramiz :)
Hozircha kanalni kuzatishda davom eting!
⚡️ @uzcombinator








