TGViewer
UzCombinator UzCombinator @uzcombinator · 8.43K subscribers
Post #807 8.04K
🚀O‘zbekiston venchur investitsiyalar o‘sishi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi

➡️ Xalqaro Dealroom.co platformasi tomonidan e’lon qilingan Q2/H1 2026 Venture Capital Report natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston venchur investitsiyalar hajmining yillik o‘sish sur’ati bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinni egalladi.

🔗 Hisobotga ko‘ra, O‘zbekistonda venchur investitsiyalar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 539,7 foizga oshgan. Ushbu natija bilan mamlakatimiz Keniya, Avstriya, Xitoy va AQSh kabi davlatlarni ortda qoldirib, global reytingda yetakchilikni qo‘lga kiritdi.

📊 Mazkur natija O‘zbekistonda innovatsion ekotizimni rivojlantirish, startaplarni qo‘llab-quvvatlash, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda texnologik tadbirkorlik uchun yaratilayotgan qulay muhitning amaliy samarasini yaqqol namoyon etadi. Shuningdek, O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda innovatsiyalar va texnologik tadbirkorlik bo‘yicha yetakchisiga aylanib borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.

🇺🇿 Agarda siz ham O'zbekistonda startap ekotizimini rivojlantirishda o'z hissangizni qo'shmoqchi bo'lsangiz, UzCombinatorning 2-mavsumiga ariza topshirib, startapingizni "Unicorn" darajasigacha olib chiqing.

https://uzcombinator.uz/apply

❗️ Shoshiling, deadline: 20-iyul!

⚡️ @uzcombinator
  • 🎉 25
  • ❤‍🔥 9
  • ❤ 8
  • 🔥 6
  • 👏 1
  • 😎 1
More from @uzcombinator
  1. Oct 4, 2026🚀 Qishloq xo'jaligida o'simlik kasalliklari kech aniqlangani sababli fermerlar har yili m…
  2. Oct 2, 2026🚀 Xorijiy universitetlarga kirishda research paper yozish endi muammo emas! 🔍 Xorijiy TO…
  3. Oct 1, 2026🤔 Uy hayvonini sotib olish, sotish yoki unga kerakli mahsulotni topish uchun yana qancha…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →