TGViewer
UzCombinator UzCombinator @uzcombinator · 8.38K subscribers
Post #322 3.6K

Forwarded from Yoshlar ishlari agentligi

🚀DIQQAT, STARTAPCHILAR! Ekotizimda yirik o‘zgarishlar va muhim ochiq muloqot!

⚡️Ertaga, 7-mart kuni poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida startap ekotizimini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan startaperlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuvda 20 dan ortiq vazirlik, idora va tashkilotlar, banklar hamda 10 ga yaqin nufuzli venchur jamg‘armalari mas’ullari aynan sizni eshitish, muammolaringizga yechim topish va dadil tashabbuslaringizni qo‘llab-quvvatlash uchun bir joyda jam bo‘ladi!

Muloqot davomida:

⚫️Davlatimiz rahbarining 59-sonli qarori muhokamasi va uning doirasida yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar taqdimoti;

⚫️Startapchilar bilan ochiq muloqot: ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha sizning shaxsiy taklif va tashabbuslaringiz muhokamasi;

⚫️Davlat idoralari va venchur fondlari rahbarlari bilan yuzma-yuz muzokaralar hamda loyihalarga sarmoya jalb etishning yangi mexanizmlari.


Agar sizda istiqbolli startap loyiha, sohani rivojlantirish bo‘yicha taklif yoki oldinga siljishingizga xalaqit berayotgan qandaydir to‘siqlar bo‘lsa — bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Keling, startap ekotizimi kelajagini birgalikda quramiz!

📍Manzil: Toshkent shahri, “Yoshlar ijod saroyi”

⏰Vaqti: 7-mart, soat 10:00

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
  • ❤ 10
  • 🔥 4
  • 👍 2
  • 👏 1
More from @uzcombinator
  1. Oct 17, 2026❓️️️️️️️Startap qurishda eng muhim narsa nima? Albatta — vaqt⏳ 🤖Kod yozishni tezlashtirad…
  2. Oct 16, 2026🔥 "Ochiqchasiga Gaplashamiz" tadbiridan foto lavhalar! Bugungi tadbirimiz chin ma'noda g'…
  3. Oct 16, 2026Post #1482
  4. Oct 16, 2026Qashqadaryolik founderlar, tayyormisiz? 📍 Yoshlar Ventures va StartupFest aynan sizning h…
  5. Oct 15, 2026Channel photo updated
  6. Oct 15, 20261 dan keyin 2 keladi 👀️️️️️️ 2 dan keyin esa... ⚡️ @uzcombinator
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →