TGViewer
UzCombinator UzCombinator @uzcombinator · 8.4K subscribers
Post #1429 872

Forwarded from Yoshlar Ventures

NVIDIA Yoshlar Ventures'ning rasmiy hamkori!

🤝 Yoshlar Ventures NVIDIA Inception dasturiga hamkor sifatida qabul qilindi. Bu degani portfelimizdagi va UzCombinator startaplari endi NVIDIA Inception dasturida mutlaqo bepul qatnashishi mumkin.

NVIDIA - dunyodagi AI inqilobining markazida turgan kompaniya. Bugun eng yirik AI modellar aynan NVIDIA GPU'lari va dasturiy platformalarida o'qitiladi. Inception dasturi esa 30.000 dan ortiq startapni birlashtirgan global hamjamiyat.

Dastur a'zolari quyidagilarga ega bo'lishadi:

• Bepul cloud kreditlar (NVIDIA va hamkor cloud provayderlardan);
• DGX, GPU va AI Enterprise'ga imtiyozli narxlar;
• Barcha SDK'lar, model kutubxonalari va Deep Learning Institute kurslari bepul;
• Inception Capital Connect orqali investorlar, VC'lar va NVIDIA rahbariyati bilan tanishish imkoni;
• Rasmiy NVIDIA Inception badge'i, co-branded kontent va go-to-market qo'llab-quvvatlash.


✅ Shartlar juda oddiy:
- Yoshlar Ventures'dan investitsiya olgan bo'lishi yoki UzCombinator ishtirokchisi bo'lish;
- Rasmiy ro'yxatdan o'tgan kompaniya bo'lish;
- Jamoada kamida 1 ta developer bo'lishi;
- Ishlaydigan veb-saytga ega bo'lish;

⚡️ AI davrida startapning tezligini kuchli hisoblash quvvati va to'g'ri aloqalar belgilaydi. Shuning uchun biz asoschilarga sarmoya bilan birga dunyo darajasidagi texnologiya va global ekotizimga yo'l ochishga harakat qilamiz.

⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
  • 🤩 10
  • ❤ 4
  • 🔥 4
  • 👏 2
More from @uzcombinator
  1. Oct 7, 2026Bugun Menlo Parkda Silicon Valley Residency Program va AlchemistX acceleratoriga kelgan o‘…
  2. Oct 6, 2026⚖️ Tadbirkorlar va yuristlar duch keladigan eng katta muammo bu qog‘ozbozlik va mayda ishl…
  3. Oct 6, 2026🚀Yandex Uzbekistan UzCombinator’ga tashrif buyurdi! 🌟Yandex Uzbekistan rahbari Izzat Shu…
  4. Oct 4, 2026🚀 Qishloq xo'jaligida o'simlik kasalliklari kech aniqlangani sababli fermerlar har yili m…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →