🇺🇿 O'zbekistonda 73 mlrd ustav kapitaliga ega Agro Ventures tashkil etildi 🚀
O‘zbekiston agrosektorida innovatsiyalar va startaplarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida yangi muhim qadam tashlandi. Agrobank 100% ulushga ega bo‘lgan va ustav kapitali 73 milliard so‘mni tashkil etuvchi Agro Ventures kompaniyasiga asos soldi.
Kompaniya rahbarligiga tajribali mutaxassis, 2022-yildan beri Agrobankda investitsiyalar bo‘yicha direktor hamda 2026-yildan Aloqa Ventures'da Principal bo‘lib faoliyat yuritib kelayotgan Mirolim Abdullayev tayinlandi.
📌Agro Ventures endilikda asosiy e'tiborini quyidagilarga qaratadi:
- Agrotex poydevorini shakllantirish uchun akselerator va inkubator dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
- Qishloq xo‘jaligida texnologik yechimlarni rivojlantirish bo‘yicha xakatonlar o‘tkazish;
- Istiqbolli agrotex startaplar hamda innovatsion g‘oyalar uchun grant dasturlarini joriy etish va ularni moliyalashtirish.
⚡️Ekotizimimizdagi agrotex yo‘nalishida ishlayotgan barcha loyihalar va startaplar uchun bu ulkan imkoniyat eshigidir.
Agrotex yo‘nalishida startapingiz bormi yoki g‘oyangizni venchur investitsiya darajasiga olib chiqmoqchimisiz?
Hoziroq UzCombinator 3-mavsumga ariza topshiring va shunday yirik fondlar e'tiborini qozonib, loyihangizni keyingi bosqichga olib chiqing!🔥
⚡️ @uzcombinator
Post #1288
1.8K

- 🔥 9
- 🏆 5
- ❤ 4
- 🆒 1