TGViewer
UzCombinator UzCombinator @uzcombinator · 8.44K subscribers
Post #1029 2.68K

Forwarded from Yoshlar Ventures

📌 Jahonga mashhur Y-Combinator va a16z Speedrun akseleratorlari bitiruvchilari hamda Silikon vodiysining muvaffaqiyatli startap asoschilari O‘zbekistonga tashrif buyurmoqda!

🚀 17-22-avgust kunlari ular yurtimizdagi iqtidorli yoshlar bilan uchrashadi. Xalqaro investorlar va ekspertlar bilan yuzma-yuz ko'rishish, ularning tajribasini o'rganish va loyihangizni global darajaga olib chiqish vaqti keldi.

🇺🇸 O'zbekistonga kimlar kelmoqda?
🔹 Mo Nasir - Altrina (YC W25) asoschisi bo'lib, uning loyihasi Abridge tomonidan sotib olingan. U NVIDIA kompaniyasida 4 yil ishlagan va sun'iy intellekt (ML) bo'yicha kuchli mutaxassis hisoblanadi.
🔹 Kyle Wallgren - EdSoma asoschisi va uning loyihasiga Shaquille O'Neal tomonidan sarmoya kiritilgan. U bitta loyihasini qisqa vaqt ichida 18 million dollar yillik daromadga (ARR) olib chiqqan tadbirkor.
🔹 Zuhair Lakhani - Doublespeed (a16z Speedrun) hammuassisi va bosh direktori. U 16 yoshga to'lmasidanoq oyiga 30 ming dollar daromad qilgan marketing va o'sish (growth) bo'yicha mutaxassisdir.
🔹 Hassan Syed - Doublespeed (a16z Speedrun) hammuassisi va loyihaning texnik qismi rahbari. U Google, Microsoft va Amazon kabi kompaniyalarning sobiq katta muhandisi hisoblanadi.
🔹 Bilal Asmatullah - Sciloop (YC F25) hammuassisi bo'lib, loyihasi ilmiy tadqiqotlarni AI yordamida amalga oshiradi. U Xalqaro fizika olimpiadasi medali sovrindori va MIT tadqiqotchisi.
🔹 Mostafa Afr - Doomersion (YC W26) asoschisi bo'lib, loyihasi til o'rgatuvchi TikTok formatidagi ilovadir. U qisqa videolar, sotuvlar va muzokaralar bo'yicha noodatiy fikrlaydigan mutaxassis.


⚡️ Yirik tajribaga ega bu insonlar bilan uchrashuvga qo'shilish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Hududlardagi uchrashuvlar manzillari va vaqtlari haqida tez orada batafsil e'lon qilamiz!

⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz
  • 👍 22
  • ❤ 7
  • 🔥 7
More from @uzcombinator
  1. Oct 2, 2026🚀 Xorijiy universitetlarga kirishda research paper yozish endi muammo emas! 🔍 Xorijiy TO…
  2. Oct 1, 2026🤔 Uy hayvonini sotib olish, sotish yoki unga kerakli mahsulotni topish uchun yana qancha…
  3. Oct 1, 2026🚀 Ustoz va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin! Startap olamida har bir muvaffaqiyatli MVP o…
  4. Sep 30, 2026🚀"The Art of Pitch" — Investorlar e’tiborini bir zumda qanday qozonish mumkin? Kuni kecha…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →