Germaniya shaxmat Bundesligasi boshlanmoqda: tarkiblarda 5 nafar o‘zbekistonlik!
⚡Bugun, 9-oktabr kuni Germaniya shaxmat Bundesligasining 2026/27-yilgi mavsumi start oladi. Musobaqada 16 ta klub ishtirok etadi. Dastlabki uch tur 9–11-oktabr kunlari o‘tkaziladi.
Klublarning rasmiy ro‘yxatlariga O‘zbekistonning besh nafar grossmeysteri kiritilgan:
- Nodirbek Abdusattorov — SC Viernheim
- Javohir Sindarov — OSG Baden-Baden
- Rustam Qosimjonov — OSG Baden-Baden
- Shamsiddin Vohidov — OSG Baden-Baden
- Nodirbek Yakubbayev — FC Bayern München
👉Amaldagi chempion — Abdusattorov ro‘yxatdan o‘tgan SC Viernheim. Baden-Baden esa bu mavsumda chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan biri sanalmoqda.
Besh nafar o‘zbekistonlikning barchasi mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tgan, ammo bugungi partiyalarda aynan kimlar doskaga o‘tirishi hozircha tasdiqlanmagan.
1-tur bahslari bugun 19:00'da boshlanadi.
📱YouTube 📱Instagram 📱Telegram
📱Chesscom 📱Ilova
Post #16311
6.68K

- 🔥 64
- ❤ 27
- 👍 14
- 🏆 5
- 👏 1
- 😁 1