TGViewer
UzChess UzChess @uzchesss · 20.6K subscribers
Post #16188 8.83K
O‘zbekistonliklar individual reyting-performansda ham yetakchi!

46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 10-turidan so‘ng ikki nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi o‘z doskalarida eng yuqori reyting-performans ko‘rsatmoqda.

Nodirbek Abdusattorov — 2900!

O‘zbekiston birinchi terma jamoasi yetakchisi Nodirbek Abdusattorov 10 ta partiyada 8 ochko jamg‘ardi va 2900 reyting-performans qayd etdi. Shu natija bilan Nodirbek 1-doskada barcha shaxmatchilar orasida birinchi o‘rinda turibdi. Uning turnirdagi natijasi: 6 g‘alaba, 4 durang va birorta ham mag‘lubiyat yo‘q.

Asrorjon Omonov — 2976!

O‘zbekiston-3 safida o‘ynayotgan 17 yoshli IM Asrorjon Omonov esa bundan ham yuqori ko‘rsatkich qayd etmoqda — 2976 reyting-performans!

Asrorjon hozirgacha 7 ta partiya o‘tkazib, 7 tasida ham g‘alaba qozondi — 7/7! Uning amaldagi reytingi 2347 bo‘lishiga qaramay, Olimpiadadagi o‘yin darajasi qariyb 3000 reytinglik performansga teng. U 5-doska kategoriyasida reyting-performans bo‘yicha 1-o‘rinda bormoqda.

👋👋👋👋👋👋 👉 Batafsil ma’lumot

YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
  • 👍 78
  • ❤ 22
  • ❤‍🔥 6
  • 🔥 4
  • 👏 2
More from @uzchesss
  1. Sep 27, 202646-Butunjahon olimpiadasi yakuniy matbuot anjumani boshlandi! 🔴jonli efir 👋👋👋👋👋👋 👉…
  2. Sep 27, 2026Post #16227
  3. Sep 27, 2026Post #16226
  4. Sep 27, 2026Post #16225
  5. Sep 27, 2026🇺🇿 O‘ZBEKISTON — IKKI KARRA SHAXMAT OLIMPIADASI CHEMPIONI! Samarqandda tarix yozildi! O‘…
  6. Sep 27, 2026Javohir Sindarov Vasiliy Ivanchuk bilan durang o'ynadi! 🇺🇿O'zbekiston 2-1 🇺🇦Ukraina 🔴…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →