🇺🇿O‘zbekiston – 🇦🇲Armaniston va 🇺🇿O‘zbekiston-2 — 🇮🇳Hindiston!
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining hal qiluvchi 10-turida bizni chinakam tarixiy va o‘ta mas'uliyatli janglar kutib turibdi.
🇺🇿O‘zbekiston – 🇦🇲Armaniston: Tarix takrorlanmoqda! Eslatib o‘tamiz, O‘shanda har ikki jamoa musobaqani bir xil ochko bilan yakunlagan, ammo o‘zaro o‘yindagi g‘alabamiz evaziga O‘zbekiston chempion bo‘lgandi. Endi mana, musobaqa tugashiga atigi bir tur qolganda, yana o‘sha Armaniston bilan 10-turda to‘qnash kelmoqdamiz. Bu bahs oltin medallar taqdirida o‘ta hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi!
🇺🇿O‘zbekiston-2 — 🇮🇳Hindiston: Ikkinchi jamoamizning bu galgi parvozi butun shaxmat olamini hayratda qoldirmoqda. Asosiy terma jamoamiz avvalroq Hindistonni taslim etgan edi. Endi esa reytingi ancha past bo‘lishiga qaramay, fantastik tarzda 3-o‘rinda borayotgan va medallar uchun kurashayotgan O‘zbekiston-2 jamoamiz turnirning 2-raqamli favoriti — Hindiston terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi!
Shaxmatchilarimizga ulkan zafarlar tilaymiz!
👋👋👋👋👋👋 👉 Batafsil ma’lumot
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Post #16141
8.68K

- 👍 18
- ❤ 10
- 🔥 9
- 👏 1