TGViewer
UzChess UzChess @uzchesss · 20.4K subscribers
Post #16022 9.16K
Bugun navbatdagi katta sinov: O‘zbekiston – Germaniya!

⚡Bugun, 24-sentabr kuni 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 8-turida O‘zbekiston terma jamoasi kuchli Germaniya jamoasiga qarshi dona suradi. Uchrashuv Samarqand vaqti bilan 15:00 da boshlanadi. Rasmiy juftlikda aynan shu bahs 1-stolda qayd etilgan.

🔥Germaniya bu Olimpiadada o‘zbekistonlik shaxmatchilar uchun begona raqib emas. Ular avval O‘zbekiston-3 jamoasini 3.5:0.5, keyingi turda esa O‘zbekiston-2 jamoasini 2.5:1.5 hisobida mag‘lub etishdi. Endi esa Germaniya qarshisiga O‘zbekistonning asosiy terma jamoasi chiqadi.

🇩🇪Germaniyaning bu turnirdagi eng katta natijalaridan biri 5-turda qayd etildi: ular turnirning 1-raqamli saralangan jamoasi AQShni 2.5:1.5 hisobida taslim etishdi. Frederik Svane Hans Nimann ustidan g‘alaba qozonib, jamoasiga hal qiluvchi ochkoni olib kelgan edi. Germaniya 6-turda Xitoyga 1:3 hisobida yutqazgan bo‘lsa-da, kecha Turkiyani 3:1 hisobida mag‘lub etib, yana yuqori pog‘onalarga qaytdi.

💪O‘zbekiston esa hozircha mukammal natija bilan ketmoqda — 7 ta tur, 7 ta jamoaviy g‘alaba va 14 ochko! Kecha yigitlarimiz Xitoyni 3:1 hisobida mag‘lub etib, turnirdagi yakka peshqadamligini saqlab qoldi. Germaniya esa 12 jamoaviy ochko bilan eng yaqin ta’qibchilardan biri bo‘lib turibdi.

Yigitlarimizga omad! G‘alabali yurish davom etsin!

👋👋👋👋👋👋 👉 Batafsil ma’lumot

YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
  • 🔥 59
  • ❤ 21
  • 🏆 3
  • 👍 1
  • 👏 1
More from @uzchesss
  1. Sep 26, 2026‼️ Hal qiluvchi 11-tur ertaga soat 11:00 da boshlanadi! Jonli efir Uzchess Youtube kanalid…
  2. Sep 26, 2026♟️ FIDE Shaxmat Olimpiadasi 2026 — hal qiluvchi 11-tur juftliklari Samarqandda o‘tayotgan…
  3. Sep 26, 2026FIDE Shaxmat Olimpiadasi 2026 — 10-turdan keyingi turnir jadvali Samarqandda davom etayotg…
  4. Sep 26, 202610-tur yakunlari: Hal qiluvchi so‘nggi tur oldidan vaziyat 🇺🇿 O‘zbekiston-1 — 🇦🇲 Arman…
  5. Sep 26, 2026🔥 Armanistonning mag‘lubiyatsiz seriyasiga yakun yasaldi! 9 tur davomida biror jamoaga yu…
  6. Sep 26, 2026Nodirbek Yakubbayev Shant Sargisyan bilan durang o’ynadi! 🇺🇿O'zbekiston 3.5-0.5 🇦🇲Arma…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →