Tarixiy revansh vaqti keldi: O‘zbekiston – Xitoy!
⚡Bugun 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 7-turida barchamizni turnirning eng markaziy va prinsipial qarama-qarshiligi kutib turibdi. Terma jamoamiz amaldagi jahon sahnasidagi asosiy raqiblaridan biri — Xitoy jamoasiga qarshi dona suradi.
🕖Bu uchrashuv ko‘pchiligimizga 2024-yilgi Budapesht olimpiadasining 10-turini eslatib yuborishi aniq. O‘shanda Xitoy bilan kechgan o‘ta shiddatli bahsda jamoamiz 1.5 : 2.5 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi: Nodirbek Abdusattorov Ding Liren bilan durang o‘ynagan, Nodirbek Yakubboyev va Javohir Sindarov raqiblariga imkoniyatni boy bergan, Shamsiddin Vohidov esa Vang Yueni taslim etgandi. O‘sha og‘ir mag‘lubiyat alamini olish va revansh qilish uchun ayni payt — eng qulay fursat!
🔴Hozirgi vaziyat juda qiziq: O‘zbekiston va Xitoy turnir jadvalida eng yuqori pog‘onalarni egallab turibdi. Xitoy jamoasi bungacha AQShni mag‘lub etib kelayotgan va mag‘lubiyatsiz qadam tashlayotgan Germaniyani ham taslim etib, 2-pog‘onaga chiqib oldi.
🇺🇿Agar bugun yigitlarimiz Xitoy ustidan g‘alaba qozonishsa, bu chempionlik sari qo‘yilgan ulkan va hal qiluvchi qadam bo‘ladi. Gap shundaki, asosiy raqiblarimiz — AQSh, Hindiston va hatto Xitoyning o‘zi ham musobaqaning oldingi turlarida allaqachon ochko yo‘qotib ulgurgan. Agar bugun jamoamiz Xitoyni mag‘lub etib, yuz foizlik g‘alabali yurishini davom ettirsa, ta'qibchilar bilan farq kattalashib, oltin medallar sari ishonchli qadam tashlanadi.
Yigitlarimizga omad tilaymiz! Olg‘a, O‘zbekiston!
👋👋👋👋👋👋 👉 Batafsil ma’lumot
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Post #15968
9.04K

- 👍 137
- 🔥 31
- ❤ 25
- 👏 2
- 🎉 1