TGViewer
UzChess UzChess @uzchesss · 18.9K subscribers
Post #15893 5K
O‘sha afsonaviy 10-tur: O‘zbekiston — Hindiston-2 va Oltin medal sari qo‘yilgan eng hal qiluvchi qadam!

⚡2022-yilgi Chennay Olimpiadasi. 10-tur. Dunyo yoshlar shaxmatining eng ramziy va shiddatli to‘qnashuvi: Hindiston-2 va O‘zbekiston!

🔴O‘sha kuni hisob 2:1 ko‘rinishida raqib foydasiga hal bo‘layotgan, jamoamiz qaltis vaziyatda turgan og‘ir pallada, barchasini bitta o‘yin hal qilishi kerak edi.

✅Mezbonlarning 16 yoshli vunderkindi Dommaraju Gukesh turnirda qatorasiga 8 ta g‘alaba bilan fenomenal o‘yin ko‘rsatib, o‘yin davomida ustunlikka ega bo‘lib turgandi. Biroq eng mas’uliyatli va hal qiluvchi pallada Gukesh qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydiNodirbek Abdusattorov bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermay, fantastik irodali g‘alabani ilib ketdi va jamoamiz uchun hisobni tenglashtirdi!

👉Boshqa taxtalarda Rameshbabu Praggnanandhaa Javokhir Sindarovdan ustun kelgan bo‘lsa, Nodirbek Yakubboyev va Jahongir Vohidov o‘z partiyalarini ishonchli durang bilan yakunladilar. Natijada yakuniy hisob yana 2:2 bo‘ldi!

🏆Bu shiddatli bahs orqali O‘zbekiston o‘zining mag‘lubiyatsiz seriyasini saqlab qoldi, so‘nggi tur oldidan peshqadamlik imkoniyatini boy bermadi va 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi chempionligini keltirgan tarixiy yo‘lni muvaffaqiyatli davom ettirdi!

Bugungi O‘zbekiston — Hindiston o‘yinida nima bo‘ladi deb o‘ylaysiz?

👋👋👋👋👋👋 👉 Batafsil ma’lumot

YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
  • ❤ 20
  • 👍 13
  • 🔥 9
  • 🏆 3
More from @uzchesss
  1. Sep 21, 202646-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: 6-tur taxtalar bo‘yicha juftliklari! 👋👋👋👋👋👋 👉 Ba…
  2. Sep 21, 2026Asosiy bahs! ⚡Bugun 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 6-turi doirasida butun dunyo int…
  3. Sep 21, 202646-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: 5-turdan keyingi turnir jadvali (Erkaklar turniri)! ⚡️5…
  4. Sep 21, 202646-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: 5-turdan keyingi turnir jadvali (Ayollar turniri)! ⚡️5…
  5. Sep 20, 2026Post #15889
  6. Sep 20, 20262022-yil, Chennai, O'zbekiston-Hindiston 2:2 O'zbekiston Chempion! 2024-yil, Budapesht, O'…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →