TGViewer
UzCERT Live UzCERT Live @uzcert_live · 2.85K subscribers
Post #1418 483
⚠️ DIQQAT! TWEAKOS Telegram va Discord akkauntlarini o‘g‘irlaydi va sotuvga chiqaradi!

🚫 Kiberjinoyatchilar foydalanuvchilarning akkauntlarini o‘g‘irlash bilan cheklanib qolmay, ularni avtomatlashtirilgan tarzda boshqarish va sotish imkonini beruvchi yangi zararli dasturdan foydalanayotgani aniqlandi.

💻 TWEAKOS deb nomlangan ushbu zararli dastur Windows qurilmalaridan Discord akkauntlariga tegishli autentifikatsiya tokenlarini o‘g‘irlashi, foydalanuvchini Telegram’ga kirish uchun telefon raqami, tasdiqlash kodi va zarur hollarda 2 bosqichli himoya parolini kiritishga undab, akkaunt uchun yangi kirish sessiyasini yaratishi hamda qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarni kiberjinoyatchilarga yuborishi mumkin.

⚠️ Eng e’tiborlisi, TWEAKOS faqat akkauntlarni o‘g‘irlash bilan cheklanmaydi. Uning ikkinchi komponenti o‘g‘irlangan Telegram va Discord akkauntlarini Telegram orqali sotuvga qo‘yadi, xaridorlardan to‘lov qabul qiladi va sotib olingan akkaunt ma’lumotlarini ularga avtomatik tarzda yuboradi.

⚠️ Mazkur holat kiberjinoyatchilar akkauntlarni o‘g‘irlashdan tortib, ularni sotishgacha bo‘lgan jarayonni yagona tizim orqali amalga oshirayotganini ko‘rsatadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, TWEAKOS akkauntlarni o‘g‘irlash va ularni sotish imkoniyatlarini bitta Telegram-bot orqali boshqariladi.

📱 Batafsil

🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati
  • 😱 4
  • 🔥 3
  • 👍 1
More from @uzcert_live
  1. Sep 25, 2026⚠️ WordPress saytlarida oddiy izoh orqali zararli kod ishga tushirilishi mumkin! 💻 WordPr…
  2. Sep 25, 2026⚠️ DIQQAT! Sudo’dagi zaiflik vaqt cheklovlarini chetlab o‘tib, yuqori huquqli buyruqlarni…
  3. Sep 25, 2026⚠️ HPE Networking ALE qurilmalarida kritik zaifliklar aniqlandi! ⚠️ Hewlett Packard Enterp…
  4. Sep 25, 2026⚠️ DIQQAT! WordPress’dagi kritik zaiflikdan hujumchilar faol foydalanmoqda! 💻 WordPress a…
  5. Sep 25, 2026🔑 Shaxsiy akkauntingiz xavfsizligini kuchaytiring! Akkaunt xavfsizligini kuchaytirishning…
  6. Sep 23, 2026🚨 DIQQAT! Linux KVM/ARM64’da virtual mashinadan host tizimiga chiqish imkonini beruvchi z…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →