TGViewer
UzA | Tezkor xabarlar UzA | Tezkor xabarlar @uzauz · 26.7K subscribers
Post #23848 6.3K
Muloqotda Prezidentimiz sarmoyadorlarni “xorijlik” va “mahalliy” deb ajratishga munosabat bildirdi.

“Kapitalning, ilg‘or g‘oyaning va halol mehnatning millati yo‘q!”,

- dedi davlatimiz rahbari va O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun yangi g‘oya – “O‘Z” falsafasini ilgari surdi.

“O‘Z” – O‘zbekiston, O‘zgarish, O‘zlik va Mas’uliyat degani. Kimki yurtimizga sarmoya kiritib, zamonaviy texnologiya olib kelsa va odamlarga ish o‘rni yaratsa, qaysi mamlakat yoki shahardan kelganidan qat’i nazar, umumiy taraqqiyotga hissa qo‘shadi.

– Kimki Yangi Toshkentni yoki Shirinni biz bilan birga qursa, demak, u to‘laqonli o‘zimizniki!


– dedi Prezidentimiz. Sarmoyadorlarning mulki va biznesi qonun, davlat va shaxsan o‘zining qat’iy himoyasida bo‘lishini qayd etdi.

Shundan so‘ng Prezidentimiz investorlar bilan muloqot qildi. Uchrashuvda bildirilgan takliflar e’tiborsiz qolmasligi, tez kunlarda tegishli qaror qabul qilinishi aytildi. Mamlakatimiz yetakchisi bir oydan so‘ng Yangi Toshkentga yana kelib, berilgan topshiriqlar ijrosini ko‘rib chiqishini ta’kidladi.

Yakunda davlatimiz rahbari investor va tadbirkorlarni “O‘z g‘oyang! O‘z sarmoyang! O‘z kelajaging! Yangi O‘zbekiston, Yangi Toshkent – o‘zimizniki!” degan yangi shior atrofida birlashishga chaqirdi. Yangi Toshkentda mamlakatimiz uchun muhim bo‘lgan ko‘plab o‘ziga xos loyihalar amalga oshirilishiga ishonch bildirdi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
More from @uzauz
  1. Oct 13, 2026Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Robototexnika boʻyicha xalqaro musobaqa gʻoliblar…
  2. Oct 12, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Doniyor Baxtiyorovich Kadirov Sirdar…
  3. Oct 12, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan: Botir Baxromovich Kudra…
  4. Oct 12, 2026RASMIY BAYONOT Bir qator rasmiy va norasmiy kanallarda 12-oktyabr kuni O‘zbekiston Respubl…
  5. Oct 12, 2026Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi…
  6. Oct 12, 2026“Ta’limga bekorga eng ishongan kadrimni olib kelmadim” — Shavkat Mirziyoyev Prezident Yang…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →