UzAuto Motors barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlari (ESG) bo‘yicha navbatdagi hisobotini e’lon qildi
“UzAuto Motors” AJ 2025-yil yakunlari bo‘yicha avtomobilsozlik sohasi uchun SASB standarti talablariga muvofiq tayyorlangan hisobotini e’lon qildi.
Unda kompaniyaning ishlab chiqarish faoliyati, mahsulot xavfsizligi, mehnat munosabatlari, chiqindilarni boshqarish va issiqxona gazlari emissiyasiga oid ko‘rsatkichlar ochib berilgan.
2025-yilda kompaniya 386 943 dona avtomobil ishlab chiqardi va 395 039 dona avtomobilni realizatsiya qildi. Qayta ishlangan ishlab chiqarish chiqindilarining ulushi 2024-yildagi 95,26 foizdan 2025-yilda 95,79 foizga oshdi.
Kompaniyaning bevosita faoliyati va xarid qilingan energiya bilan bog‘liq issiqxona gazlari emissiyasi 2025-yilda jami 105 724,5 tonna is gazini tashkil etdi. Bu 2024-yildagi 119 166,15 tonnaga nisbatan qariyb 11 foizga kam. Ishlab chiqarilgan har bir avtomobilga to‘g‘ri keladigan ushbu emissiyalar hajmi ham 0,306 tonnadan 0,273 tonnagacha pasaygan.
UzAuto Motors xalqaro standartlar asosida o‘z faoliyati natijalarini ochiq yoritish va ishlab chiqarish jarayonlarining ekologik samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettiradi.
2025-yil uchun hisobotning to‘liq matni bilan uzautomotors.com sayti orqali tanishishingiz mumkin.
Post #4503
34.3K

- 🤔 40
- ❤ 37
- 👍 10
- 🔥 1
- 👏 1
- 💯 1