TGViewer
UzA | Sport UzA | Sport @uzasport · 9.39K subscribers
Post #6351 2.23K
⚽️ «Liverpul»da Muhammad Salahning o‘rnini Villiam Gomes to‘ldirishi mumkin

Angliyaning «Liverpul» klubi Portugaliyaning «Portu» jamoasida to‘p surayotgan braziliyalik qanot hujumchisi Villiam Gomesga qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar 20 yoshli futbolchini kelajakda Muhammad Salahning o‘rnini to‘ldirishi mumkin bo‘lgan nomzodlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, «Liverpul» Gomesning o‘yinlarini kuzatib bormoqda. Braziliyalik futbolchi tezkorligi, texnik imkoniyatlari va hujum qanotidagi harakatlari bilan ingliz klubi e’tiborini tortgan.

Gomes joriy mavsum «Portu» safida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirgan.

Yosh futbolchi yaqinda Portugaliya klubi bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytirdi. Yangi kelishuvga ko‘ra, uning shartnomasidagi tovon puli 100 million yevroni tashkil etadi.

Muhammad Salah uzoq yillardan buyon «Liverpul» hujum chizig‘ining yetakchi futbolchilaridan biri hisoblanadi. Shu bois mersisaydliklar misrlik hujumchining o‘rnini kelajakda munosib to‘ldira oladigan yosh futbolchilarni kuzatib borayotgani aytilmoqda.

Hozircha «Liverpul»ning Gomes transferi yuzasidan rasmiy taklif yuborgani yoki klublar o‘rtasida kelishuvga erishilgani tasdiqlanmagan.

🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
  • ❤ 2
More from @uzasport
  1. Oct 17, 2026Holandning dubli «Manchester Siti»ga uch ochko keltirdi (GOLLAR VIDEOSI) Angliya Premyer-l…
  2. Oct 17, 2026⚽️🇺🇿Superliga: 🔵«Buxoro» kambek qayd etdi, 🟡«Paxtakor» Namanganda ochko yo‘qotdi Futbo…
  3. Oct 17, 2026Shavkat Mirziyoyev 🌏OFK prezidentini qabul qildi 17-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi…
  4. Oct 17, 2026Chempionning zafarli qaytishi: Diyora Keldiyorova yana shohsupada 🥇 O‘zbekistonlik taniql…
  5. Oct 17, 2026⚽️🇺🇿Superliga 24-turining markaziy uchrashuvi asosiy tarkiblari e'lon qilindi. Superliga…
  6. Oct 17, 2026Abduqodir Husanov 🇬🇧«Manchester Siti»ning 🇬🇧«Ipsvich»ga qarshi o'yinini zaxiradan bosh…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →