TGViewer
// SYLNV // SYLNV @uz_sylnv · 307 subscribers
Post #894 305
TF ~ TG ~ TOP

Ba’zi odamlar, ayniqsa TON’ga endigina kirib kelgan foydalanuvchilar, TON Foundation, The Open Platform va Telegram deyarli bir xil, ular o‘rtasida hech qanday farq yo‘q degan tasavvurga ega bo‘lishlari mumkin.

Aslida esa bu uchta turlicha tashkilot bo‘lib, maqsad va vazifalari ham turlicha :

TON Foundation — bu notijorat jamg‘arma. Uning asosiy vazifasi TON ekotizimini rivojlantirish, turli kampaniyalar va faoliyatlarni qo‘llab-quvvatlash, tokenni birjaga chiqarish, media maydonini kengaytirish va hokazolar. “Notijorat” so‘zi bejiz ishlatilmagan: TF’ning maqsadi foyda olish emas, biroq turli usullar orqali daromad paydo bo‘lishi tabiiy va bu juda yaxshi holat

The Open Platform (TOP) — bu xususiy kompaniya bo‘lib, uning vazifasi Telegram va TON infratuzilmasini rivojlantirishdir. U o‘z mahsulotlarini noldan yaratishi ham, mavjud loyihalarni qo‘l ostiga olishi ham mumkin. Ularning portfelini ko‘rib chiqishni maslahat beraman, u yerda faqatgina Open Builders va Notcoin emas. TonKeeper, Wallet, Tribute… bularning bari ular tomonidan yaratilgan. TOP jamoalarga aloqalar, Telegram ichida tarqatish imkoniyati va eng asosiysi — pul beradi. Albatta, ular uchun bu mablag‘ qaytishi kerak, chunki TF’dan farqli ravishda bu tijorat tashkiloti

Telegram esa — bu uchlikdagi asosiy o‘rin, eng katta messenjer va Pavel Valeryevich Durovning to‘liq tijorat biznesi. Telegramning maqsadlari TF va TOP yo‘nalishidan farq qilishi mumkin, lekin ba’zan mos tushadi ham. Bunga eng yaxshi misol — messenjer menyusiga o‘rnatilgan @wallet. Ha, bu Telegram’ning o‘z hamyoni emas, TOP katta miqdorda to‘lov qilibgina uni menyuga joylashtira oldi

Bu uch tashkilot o‘zaro aloqaga ega, ayrim xabarlar yetib boradi, ba’zi g‘oya va takliflar amalga oshiriladi. Ammo muhim jihat — ular ekotizimning turli shoxlari bo‘lib, maqsadlari, vazifalari va yondashuvlari ham turlicha


Thanks @kuznetsovton //
  • ❤ 3
  • 👍 1
More from @uz_sylnv
  1. Aug 26, 2025Happy birthday @dogs 🥳 #DOGSBirthday
  2. Aug 26, 2025Channel photo updated
  3. May 27, 2025@portals 🏖
  4. May 21, 2025@mint 🖼
  5. Mar 24, 2025// DeDust Contest 💸 TON DATA HUB yaqinda torirogi 11 mart kuni Data Contest otqazishi haq…
  6. Mar 24, 2025// Assallamu alleykum Hammaga Kanalni ozgartirvoman ozgina, bu kanalda endi faqat crypto m…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →