TGViewer
COOPERATION.UZ COOPERATION.UZ @uz_cooperation · 1.23K subscribers
Post #560 1.52K
Davlat xaridlarini o‘rganish endi bepul: yangi onlayn platforma ishga tushdi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan davlat xaridlari sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning bazaviy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida edu.icppa.uz platformasi orqali bepul onlayn o‘quv kursi tashkil etildi.

Platformada davlat xaridlari jarayonlarini bosqichma-bosqich o‘rganishga mo‘ljallangan 20 ta modul jamlangan. Videodarslar, testlar va amaliy keyslar orqali foydalanuvchilar xaridlarni rejalashtirishdan tortib, xarid tartib-taomillari va shartnomalarni boshqarishgacha bo‘lgan jarayonlar bo‘yicha zarur bilimlarni egallashi mumkin.

Muhimi, ta’lim to‘liq bepul va onlayn. Foydalanuvchi o‘ziga qulay vaqtda darslarni o‘zlashtirishi, har bir modul bo‘yicha bilimini sinovdan o‘tkazishi mumkin.
Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga 2 yil muddatga amal qiluvchi elektron sertifikat beriladi.

Platforma nafaqat davlat buyurtmachilari va xarid bo‘yicha mutaxassislar, balki davlat xaridlarida ishtirok etishni istagan tadbirkorlar hamda ushbu sohani o‘rganmoqchi bo‘lgan barcha foydalanuvchilar uchun ochiq.

Davlat xaridlarini o‘rganish uchun endi alohida joy va vaqt izlash shart emas — zarur bilimlar bir platformada jamlangan.

✅ edu.icppa.uz — ro‘yxatdan o‘ting va bepul o‘qishni boshlang.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

🤥 new.cooperation.uz
✉️ info@uzrtm.uz
More from @uz_cooperation
  1. Oct 9, 2026❗Davlat xaridlarida “Xarid rejalari” moduli: undan qanday foydalaniladi? Davlat buyurtmach…
  2. Oct 9, 2026☑️ Davlat xaridlarida o‘rtacha bozor hamda boshlang‘ich narxini qanday shakllantirish mumk…
  3. Oct 5, 2026Davlat xaridlarida yangi elektron skoring tizimi: ishonchli tadbirkorlarga qo‘shimcha imko…
  4. Oct 1, 2026📕 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni “O‘qituvchi – mehr daryosi, o‘qituvchi – ezgu…
  5. Sep 30, 2026🏛️ “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining birinchi kuni yakunlandi Jizzaxda avtomobilsoz…
  6. Sep 15, 2026📢 “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →