TGViewer
COOPERATION.UZ COOPERATION.UZ @uz_cooperation · 1.23K subscribers
Post #559 2.85K
📢 Davlat xaridlarida narxlarni aniqlashning yangi tartibi tasdiqlandi

🟢O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 8-sentabrdagi 480-son qarori bilan davlat xaridi predmetining o‘rtacha bozor hamda boshlang‘ich narxini aniqlash tartibi tasdiqlandi.

🔍Yangi tartibga ko‘ra, davlat buyurtmachilari davlat xaridini boshlashdan oldin tovar, ish yoki xizmatning o‘rtacha bozor narxini Maxsus axborot portalidagi Narxlar moduli orqali o‘rganadi.

🎛Natijada o‘rtacha bozor narxi va asoslangan boshlang‘ich narx ko‘rsatilgan elektron ma’lumotnoma (e-ma’lumotnoma) shakllantiriladi. Davlat xaridlari esa mazkur e-ma’lumotnomada belgilangan boshlang‘ich narxdan yuqori bo‘lmagan narxda amalga oshiriladi.

📊 Narxlar moduli avvalgi xaridlar va boshqa ishonchli manbalardagi narxlarni yagona tizimda jamlaydi.
Shuningdek, u:
- yetkazib beruvchilardan elektron takliflar olish;
- o‘rtacha, eng yuqori va eng past narxlarni avtomatik hisoblash;
- narxlar keskin farq qilganda qo‘shimcha o‘rganish zarurligi haqida ogohlantirish imkonini beradi.

📄 Qarorga muvofiq, dastlabki bosqichda 60 turdagi tovar bo‘yicha Narxlar moduli sun’iy intellekt asosida mahsulot xususiyatlari va so‘nggi narxlarni tahlil qilib, o‘rtacha bozor narxi, narx chegaralari hamda narxlar dinamikasini avtomatik aniqlaydi. Sunʼiy intellekt orqali oʻrtacha bozor narxi aniqlanadigan tovarlar roʻyxati kengaytirib boriladi.

✅ Mazkur mexanizm davlat xaridlarida narxlarni asosli belgilash, ochiqlik va tejamkorlikni ta’minlash, shuningdek, ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanishga xizmat qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

🤥 new.cooperation.uz
✉️ info@uzrtm.uz
More from @uz_cooperation
  1. Oct 9, 2026❗Davlat xaridlarida “Xarid rejalari” moduli: undan qanday foydalaniladi? Davlat buyurtmach…
  2. Oct 9, 2026☑️ Davlat xaridlarida o‘rtacha bozor hamda boshlang‘ich narxini qanday shakllantirish mumk…
  3. Oct 5, 2026Davlat xaridlarida yangi elektron skoring tizimi: ishonchli tadbirkorlarga qo‘shimcha imko…
  4. Oct 1, 2026📕 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni “O‘qituvchi – mehr daryosi, o‘qituvchi – ezgu…
  5. Sep 30, 2026🏛️ “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining birinchi kuni yakunlandi Jizzaxda avtomobilsoz…
  6. Sep 15, 2026📢 “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →