TGViewer
COOPERATION.UZ COOPERATION.UZ @uz_cooperation · 1.23K subscribers
Post #548 1.57K
🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan Agentlik xodimlari taqdirlandi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Agentlik rahbariyati, markaziy apparat hamda tizim tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi.

Agentlik direktori Baxtiyor Xaydarov jamoani mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan tabriklab, bugungi islohotlar jarayonida Agentlik oldida turgan muhim vazifalar, ularni amalga oshirishda jamoaning mas’uliyati va har bir xodimning munosib hissasiga alohida to‘xtaldi.

🏅 Tadbir doirasida bir guruh xodimlarga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, xizmat vazifalarini mas’uliyat va professional mahorat bilan bajarib kelayotgani, tashabbuskorligi hamda Agentlik faoliyati samaradorligiga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun markaziy apparat va tizim tashkilotlarining bir guruh xodimlari Tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Hususan Raqamli transformatsiya markazi hodimlari bunday mukafotga loyiq topilganliga alohida etirofga egadur.

Tadbir yakunida jamoa a’zolariga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat, oilaviy farovonlik va yurtimiz taraqqiyoti yo‘lidagi ishlarida yangi natijalar tilandi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

🤥 new.cooperation.uz
✉️ info@uzrtm.uz
More from @uz_cooperation
  1. Oct 9, 2026❗Davlat xaridlarida “Xarid rejalari” moduli: undan qanday foydalaniladi? Davlat buyurtmach…
  2. Oct 9, 2026☑️ Davlat xaridlarida o‘rtacha bozor hamda boshlang‘ich narxini qanday shakllantirish mumk…
  3. Oct 5, 2026Davlat xaridlarida yangi elektron skoring tizimi: ishonchli tadbirkorlarga qo‘shimcha imko…
  4. Oct 1, 2026📕 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni “O‘qituvchi – mehr daryosi, o‘qituvchi – ezgu…
  5. Sep 30, 2026🏛️ “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining birinchi kuni yakunlandi Jizzaxda avtomobilsoz…
  6. Sep 15, 2026📢 “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →