“Investitsiya olamiga ilk qadam!” — ilk uchrashuvimiz ko‘tarinki ruhda o‘tdi!
Bugun UWED FIS jamoasining yangi o‘quv yilidagi dastlabki ochiq uchrashuvi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Tadbirimizni Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti dekani Abdullayev Elbek Erkinovich ochib berdi va moliya sohasining muhimligini ta'kidlab ushbu sohadagi yangi loyihalar haqida talabalarga ma'lumot berdi. Shuningdek, UWED FIS asoschilari Nuriddin Abdullayev va Asrorxon Sattorovlar tashrif buyurib, o‘z tajribalari bilan bo‘lishishdi va yoshlarga ulkan motivatsiya berishdi.
Uchrashuvning asosiy mavzusi haqida Xalqaro moliya va investitsiya kafedrasi katta o'qituvchisi Numonjon Malikov investitsiya olamiga to‘g‘ri kirib borish va kasbiy rivojlanish bo‘yicha qimmatli tavsiyalarini berib o‘tdi. Tadbir qizg‘in savol-javoblarga boy va interaktiv ruhda o‘tdi.
🚀Bu faqat boshlanishi oldinda sizni yanada qiziqarli loyihalar va amaliy keyslar kutmoqda!
Post #293
331








- 🔥 14
- ❤ 8
- 👍 5
- 👏 2