O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi — mamlakatning makroiqtisodiy rivojlanish strategiyasini ishlab chiquvchi, davlat byudjetini shakllantiruvchi hamda soliq, g‘aznachilik va investitsiya siyosatini muvofiqlashtiruvchi markaziy ijro etuvchi hokimiyat organidir.
📌Asosiy vazifalari:
✔️Mamlakatning makroiqtisodiy rivojlanish siyosatini ishlab chiqish;
✔️Davlat byudjetini shakllantirish va uning ijrosini muvofiqlashtirish;
✔️Soliq va davlat xaridlari siyosatini takomillashtirish;
✔️Davlat moliyasini samarali boshqarish;
✔️Yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonlarini muvofiqlashtirish.
❓Ammo Iqtisodiyot va moliya vazirligining faoliyati faqat shu vazifalar bilan cheklanmaydi!
Iqtisodiyot va moliya vazirligi haqida batafsil o'qing!
Follow our official platforms:
✅Telegram | 😀Instagram
