🎓 United Ventures va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi ICT Week Uzbekistan 2026 doirasida
United Ventures va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish, talaba-yoshlarning startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ilm-fan bilan biznes o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan memorandumni imzoladi.
🤝 Hamkorlik doirasida quyidagi yo‘nalishlarda birgalikda faoliyat olib boriladi:
• Talabalar va yosh tadbirkorlarning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash;
• Istiqbolli loyihalarni aniqlash va rivojlantirish;
• Akseleratsiya va mentorlik dasturlarini tashkil etish;
• Demo Day, pitch sessiyalar, forumlar va master-klasslar o‘tkazish;
• Startaplarni investorlar va xalqaro hamkorlar bilan bog‘lash.
🚀 Hamkorligimiz yoshlarning innovatsion g‘oyalarini muvaffaqiyatli biznes loyihalarga aylantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
🔔 Bizni kuzatib boring
Post #418
225


- ❤ 2