♟️ SAMARQANDDA SHAXMAT RUHI-VOLONTYORLAR BILAN!
Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan FIDE 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi doirasida musobaqa jarayonlari yuqori saviyada va qizg‘in davom etmoqda.
🖐️ Volontyorlarimiz o’zlarining yuqori kayfiyat va energiyalari bilan xalqaro maydonda ishtirokchilarni qo’llab-quvvatlab ularga mehrli quchoqlarini ulashmoqda.❤️
🤝 Volontyorlarning har bir qadami — mehmondo‘stlik, mas’uliyat va jamoaviy hamkorlikning yorqin namunasidir. Ularning samimiy tabassumi, e’tibori va fidokorona mehnati xalqaro mehmonlarda O‘zbekiston haqida iliq taassurot qoldirishga xizmat qilmoqda. 🇺🇿
♟️ Shaxmat taxtasida — strategiya.
💙 Olimpiada jarayonida — hamjihatlik.
🙌 Jarayon ortida esa — volontyorlarning mehnati!
Olimpiada davom etmoqda.
Volontyorlar esa har bir muhim lahzada o‘z hissasini qo‘shishda davom etmoqda! 🇺🇿✨
📍Samarqand | FIDE Chess Olympiad 2026
👋🇺🇿👋🇺🇿👋🇺🇿👋🇺🇿👋🇺🇿👋🇺🇿
Volontyorlar uchun saralangan
yangiliklar ⬇️
Telegram |Instagram |Facebook |Web
Post #4454
4.73K






- ❤ 15
- ❤🔥 7
- 🤩 5
- 🤗 2
- ⚡ 1
- 👍 1
- 🫡 1