“URGANCH RANCH” QIZLARI OLTIN MEDALLAR BILAN QAYTISHMOQDA
Xorazmlik gandbolchi qizlar yana bir bor yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarishdi. “Urganch RANCH” jamoasining talaba-gandbolchilari O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida xalqaro turnirda oltin medallarni qo‘lga kiritishdi.
Toshkent shahrida gandbol bo‘yicha ayollar jamoalari o‘rtasida IHF Nations Trophy turnirining III — Osiyo mintaqasi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Nufuzli bellashuvda O‘zbekiston terma jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, muxlislarni chinakam quvontirdi.
Yakuniy sarhisoblarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi pog‘onadan Turkmaniston gandbolchilari joy oldi. Faxrli uchinchi o‘rinni esa Pokiston jamoasi band etdi.
Bu g‘alabada Xorazm vakillarining munosib hissasi bor. SUTEAISM shug‘ullanuvchilari, aniqrog‘i, “Urganch RANCH” jamoasining talaba-gandbolchilari Zuxra Erkaboyeva, Ilmira Bayjanova va Anna Popovich terma jamoa safida maydonga tushib, bo‘yinlariga oltin medallarni ilishdi.
Xorazmlik sportchilarning xalqaro maydondagi bu muvaffaqiyati viloyatimizda gandbolning izchil rivojlanib borayotganidan, yosh iste’dodlar uchun yaratilayotgan sharoitlar o‘z samarasini berayotganidan dalolat beradi. Ayni paytda bu yutuq qizlarimizning tinimsiz mehnati, murabbiylarining sabr-toqati va mashg‘ulotlardagi fidoyiligining hosilasidir.
Endilikda “Urganch RANCH” qizlari ona yurtga g‘olib sifatida qaytishmoqda. Ularning bu g‘alabasi Xorazmdagi yuzlab yosh sportchilar uchun ham katta ilhom manbai bo‘lishi shubhasiz.
Chempionlarimizni munosib g‘alaba bilan samimiy qutlaymiz va ularga kelgusi bellashuvlarda ham yangi zafarlar tilab qolamiz!
🎓 Unleash your potential with RANCH
Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
Post #5899
916




- 👏 11
- 🔥 5
- ❤ 1
- 👍 1
- 🤩 1
- 🏆 1