Urganch RANCH texnologiya universitetida xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tilidan respublika olimpiadasi boshlandi!
Bugun, 16-oktabr kuni Urganch RANCH texnologiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tilidan respublika olimpiadasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur olimpiada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PQ–308-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etilmoqda.
Mazkur olimpiada xorijlik yoshlar orasida davlat tilini keng targ‘ib qilish, ularning o‘zbek tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda milliy madaniyatimizga hurmatini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vazirligining Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Rasulov Sherzod Ashirovich, Xorazm viloyati hokimligi kotibiyat mudiri Nurmetov Jahongir Yaqubboyevich hamda universitet rahbariyati ishtirok etdi.
Respublikaning turli hududlaridagi 46 ta oliy ta’lim tashkilotidan kelgan 100 nafarga yaqin xorijlik talaba qatnashayotgan olimpiada o‘zbek tilini yuqori saviyada egallagan iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning bilim va salohiyatini namoyon etish hamda rag‘batlantirish uchun muhim imkoniyat yaratadi.
Ochilish marosimidan so‘ng olimpiada bellashuvlariga start berildi. Ishtirokchilar o‘zbek tili bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazib, o‘zaro bellashishni boshladilar.
Urganch RANCH texnologiya universitetida o‘tkazilayotgan mazkur respublika olimpiadasi xorijlik talabalar o‘rtasida do‘stlik va madaniy aloqalarni mustahkamlash, o‘zbek tilining nufuzi va jozibasini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
Barcha ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
🎓 Unleash your potential with RANCH
Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
Post #5882
2.79K










- ❤ 21
- 👍 7
- 🔥 1