TGViewer
RANCH university RANCH university @utu_ranch · 8.44K subscribers
Post #5881 2.8K
🌍 AZIZ YOSHLAR, YASHIL KELAJAK SIZNING QO‘LINGIZDA!

RANCH universiteti yoshlari diqqatiga!
Tabiatni asrash, ekologik madaniyatni yuksaltirish va atrof-muhitni muhofaza qilishga o‘z hissangizni qo‘shishga tayyormisiz?

Unda ushbu tanlovlar aynan siz uchun!
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 372-son buyrug‘i asosida talabalar o‘rtasida ekologik yo‘nalishdagi tanlovlar tashkil etilmoqda.

🌱 Ushbu tanlovlar sizning bilimingiz, ijodkorligingiz, tashabbusingiz va tabiatga bo‘lgan munosabatingizni namoyon etish uchun ajoyib imkoniyatdir.

🏆 Quyidagi nominatsiyalarda o‘z imkoniyatingizni sinab ko‘ring!

🌱 “Ekologiya bilimdoni” — ekologik bilimingizni namoyish eting!
📢 “Ekologik madaniyat targ‘ibotchisi” — ijodiy g‘oyalaringiz bilan boshqalarga ilhom bering!
“Eng faol ekovolontyor” — tabiat himoyasi yo‘lida faol va tashabbuskor bo‘ling!
🌳 “Yilning eng yaxshi ekologiya himoyachisi” — ekologik loyihalaringiz orqali yashil kelajak sari dadil qadam tashlang!

📅 Tanlov bosqichlari:
🔹 Fakultet bosqichi — noyabr oyining birinchi o‘n kunligida.
🔹 Universitet bosqichi — noyabr oyining uchinchi o‘n kunligida.

G‘oliblar belgilangan tartibda diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Aziz yoshlar! Bugungi kichik tashabbusingiz ertangi katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Tabiatga befarq bo‘lmang, o‘z g‘oyalaringiz bilan namuna ko‘rsating va ekologik barqarorlik yo‘lida faol ishtirok eting!

Tabiatni asraylik — kelajakni birgalikda yaratamiz!

🎓 Unleash your potential with RANCH

Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
Telegram RANCH university RANCH universiteti rasmiy kanali Murojaat uchun raqamlar: +998 62 227 7772 Admin: @RANCHuniversity
More from @utu_ranch
  1. Oct 14, 2026🏆 SHAXMAT VA SHASHKA BO‘YICHA UNIVERSITET BIRINCHILIGI! Hurmatli talabalar! RANCH univers…
  2. Oct 14, 2026Darslar oraligʻidagi tanaffuslar, doʻstlar davrasidagi samimiy suhbatlar va RANCH’ning oʻz…
  3. Oct 13, 2026🌍 RANCH universitetida ERASMUS+ Xalqaro kunlari 2026! RANCH universitetida Yevropada ta’l…
  4. Oct 8, 2026It’s not just about learning English — it’s about actually using it. Today, our student st…
  5. Oct 6, 2026MARDLIK VA MATONAT MAYDONI: MILLIY KURASH MUSOBAQASIGA MARHAMAT! 🤼 RANCH universitetida m…
  6. Oct 6, 2026RANCH Universitetiga qanday samimiy tilaklaringiz bor? Talabalarimiz o‘zining eng samimiy…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →