NAVBATDAGI JAMOA HAM DOG‘DA QOLDIRILDI
🤾♂️Surxondaryo viloyatida gandbol bo‘yicha U-20 o‘g‘il bolalar va qizlar jamoalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston kubogining ikkinchi kungi o‘yinlari davom etmoqda.
🏆Biroz avval, Xorazm viloyati qizlar jamoasi navbatdagi yutuqni tantana qildi. Bu gal vakilalarimiz g‘oliblikka asosiy da’vogarlardan hisoblangan Qoraqalpog‘iston respublikasi jamoasini bir to‘p farqi bilan mag‘lubiyatga uchratishdi. Hisob - 28:27.
Terma jamoamizning ushbu muvaffaqiyatiga Sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi shug‘ullanuvchilari sanalgan 19-son maktab (Urganch tumani) va «Urganch RANCH» ayollar jamoasining gandbolchi qizlari o‘zlarining munosib ulushini qo‘shdilar.
🎓 Unleash your potential with RANCH
Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
Post #5862
3.92K



- ❤ 8
- 👏 4
- 👍 2