RANCH universiteti talabalari “Talaba — yugur 2026” musobaqasida faol qatnashdi
🏃🏻➡️Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sportga qiziqishni oshirish va jismoniy faollikni ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan “Talaba — yugur” ko‘ngillilar yugurish musobaqasining navbatdagi mavsumi bo‘lib o‘tdi.
🎓 Mazkur sport tadbirida RANCH universiteti talabalari ham munosib ishtirok etib, o‘zlarining sportga bo‘lgan yuksak qiziqishi, jamoaviy faolligi va jismoniy tayyorgarligini namoyon etdilar. Musobaqa davomida talabalar nafaqat yugurish yo‘laklarida o‘z salohiyatlarini ko‘rsatdilar, balki sog‘lom raqobat, matonat va intilish ruhini ham yaqqol namoyish etdilar.
🎓 Unleash your potential with RANCH
Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
Post #5684
3.72K




- ❤ 12
- 🎉 1