Xorazm turizmida yangi bosqich: Turizm va ta’lim integratsiyasi
17-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida Xiva shahrida RANCH universiteti rektori Atajonov Jur’atbek Atavayevich ta’sischiligida qad ko‘targan zamonaviy 3 yulduzli yangi mehmonxonaga tashrif buyurdi.
Mazkur zamonaviy maskan Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilgan yirik turizm loyihasi bo‘lib, u Xorazm viloyatining sayyohlik salohiyatini yuksaltirish, xorijiy va mahalliy mehmonlar uchun xalqaro standartlarga mos infratuzilma yaratish hamda hududning turistik jozibadorligini yanada oshirishga qaratilgan.
Tashrif davomida davlatimiz rahbari ushbu obyektda yaratilgan shart-sharoitlar va zamonaviy infratuzilma bilan yaqindan tanishib, hududda turizm va xizmat ko‘rsatish sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan bir qator muhim tavsiyalarni ilgari surdi.
Xususan, davlatimiz rahbari Xorazmda ilk bor «Wyndham» brendini yo‘lga qo‘yish, sohaga xalqaro tajribali kadrlarni jalb etib, yuqori servis tizimini yaratish bo‘yicha muhim vazifalarni belgilab berdi.
Loyihaning ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyati juda yuqori bo‘lib, mehmonxona foydalanishga topshirilishi natijasida umumiy hisobda 100 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. E’tiborlisi, ushbu ish o‘rinlarining 65 tasi universitetimiz bitiruvchilari bilan to‘ldiriladi.
Mazkur jarayonda RANCH universiteti nazariya va amaliyotni uzviy bog‘lab, soha uchun xalqaro standartlarga javob beradigan mutaxassislarni yetishtirib beruvchi asosiy drayverga aylanmoqda.
Mazkur loyiha Prezidentimiz tashabbuslari asosida Xorazmda turizm, xizmat ko‘rsatish va yoshlar bandligini rivojlantirish yo‘lidagi muhim amaliy qadamlardan biridir.
🎓 Unleash your potential with RANCH
Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
Post #5608
5.42K