Hurmatli do'stlar! Habaringiz bor kanalimizda hayriya loyihasini boshlaganmiz. Bu loyiha doirasida dasturchilikka qiziqishi bor, ammo o'rganish uchun biron bir kitob yoki video darsliklar sotib olish qobilyatiga ega bo'lmagan bo'lajak dasturchilar uchun 50 ta kitobni vaqtinchalik (berilgan kitobdagi barcha ma'lumotlarni o'rganib olguniga qadar) o'z hisobimizdan bepulga taqdim etishni istadik. Bu loyihamizni Alloh hayrli qilib, biz taqdim etgan kitoblardan olajak bilimingizni ziyoda qilsin.
Loyiha doirasida quyidagi kitoblarni qabul qilib olishingiz mumkin:
1. C++ tili asoslari
Muallif: B.J. Boltayev va boshqalar
2. Mukammal dasturlash 1 HTML va CSS
Muallif: Javlon Abdullo
3. Mukammal dasturlash 2 JavaScript
Muallif: Javlon Abdullo
4. Python'da dashturlash asoslari
Muallif: Anvar Narzullayev
Kitoblar barchaning qo'liga yetib borishini ta'minlash maqsadida, bu kitoblardan birini qabul qilib olganingizdan so'ng har kuni o'rganyotgan bilimlaringiz tekshirib boriladi.
Balki, orangizda shunday insonlar borki, ular yuqoridagi kitoblarni o'z hisoblaridan sotib olish imkoniga egalar. Bunday insonlar, kitobni optimal narxda harid qilish uchun bizning loyihamiz hamkori BOOK HUB jamoasiga murojaat qilishlari mumkin. Ular sizga beminnat xizmat ko'rsatishadi.
Post #19
867
- 👍 3