TGViewer
ustozation ustozation @ustozation · 36.1K subscribers
Post #4562 13.9K
Kurs narxi aytilgandan keyin eng ko‘p beriladigan savollardan biri:

“Nega qimmat?”
“Nega pulli?”
“Nega bepul emas?”


Bilishimizcha, yodlash texnikalarinigina o‘rgatadigan xotira kurslarining o‘zi 3–5 million so‘m atrofida turadi.

Mayli, boshqalarni tinch qo‘yamiz-da, o‘z kursimizga qaytamiz :) Bizning kursimiz 3 oyga mo‘ljallangan.

1️⃣ Birinchidan, sizga Ilovada 80 ta sifatli videodars beriladi. Bu Ismoil ustozning darslari. Ustozning darajasi 8.5. Darslar juda sodda, tushunarli qilib tayyorlangan. Sizdan kerak bo‘ladigani bitta: vaqt ajratib, darslarni ko‘rish. Kitobning PDF variantini ham beramiz. Qo‘shimcha darslik sotib olishingiz shart emas.

2️⃣ Ikkinchidan, ZOOM da jonli darslar bor. Ayollar guruhiga ayol ustoz, erkaklar guruhiga erkak ustoz dars beradi. Haftada 3 marta jonli dars o‘tiladi. 3 oy davomida jami 36 ta jonli dars. Bu darslarda mashqlar ishlanadi, lug‘atlar so‘raladi, savol-javob bo‘ladi. Tushunmagan joyingizni o‘sha zahoti so‘rashingiz va javob olishingiz mumkin. Ustozlar darajasi 8.0.

3️⃣ Uchinchidan, nazorat.
Chunki kursni sotib olish boshqa, uni oxirigacha o‘qib, natija qilish boshqa.
Har kuni kimdir:
“Vazifangiz qani?”
“Bugun dars qildingizmi?”
“Telefonga chalg‘imang.”
“Vazifani yuboring”, deb nazorat qilib turishi kerak. Bu vazifani second teacherlar bajaradi. Ular sizning vazifalaringizni tekshiradi, intizomingizni nazorat qiladi va motivatsiya berib turadi.
Ularning darajasi 7.5–8.0.

Demak, 3 oy davomida siz shunchaki videolar tashlab qo‘yilgan kanal sotib olmayapsiz. Siz 3 xil ustoz bilan ishlaysiz.

Videodars olasiz.
Jonli darsga kirasiz.
Savol berasiz.
Tushunmagan joyingizni tushuntirishadi.
Vazifangiz tekshiriladi.
Har kuni nazorat qilinasiz.
Ya’ni 3 oy davomida yolg‘iz qolmaysiz.

Endi savol:
😯 Sizningcha, 3 oylik buncha mehnat va xizmat bepul bo‘lishi kerakmi?

O‘quv markazidagi kurs bilan solishtirsangiz ham, kurs narxidan tashqari yo‘l kira, yo‘lda ketadigan vaqt va qo‘shimcha darsliklar xarajati bor. Buning ustiga, ayollar uchun alohida guruh va ayol ustoz bilan dars o‘tiladigan kursni ham hamma joydan topish oson emas. Eng muhimi, kurs tugagandan keyin ham sizni tashlab qo‘ymaymiz. 6 oy davomida darslardan foydalanish imkoniyatingiz qoladi.

🌟
Albatta, bu bizning qarashimiz.
100% hamma bizga qo‘shilishi shart emas. Hatto fikrimizga qo‘shilmasa ham, bizni kuzatishda davom etayotgan insonlar borligidan xursandmiz.

Lekin narxning ortida qanday mehnat va ular erishadigan qanday qiymat borligini bilib, keyin qaror qilish boshqa masala. Nima dedingiz✌️
  • ⚡ 49
  • ❤ 35
  • 👍 11
  • 💯 7
  • 🔥 3
  • 😁 3
  • 🤔 1
More from @ustozation
  1. Oct 10, 2026Hech qachon yosh bola bilan bahslashmang. Hatto uning yoshi siznikidan katta bo'lsa ham. @…
  2. Oct 3, 2026“Oʻzbekchani ham bilarkansiz-a” deyishadi menga 😅
  3. Oct 3, 2026Bilmaslik bu kasallik, va uni davosi savol berish.
  4. Oct 2, 2026“Hozir ko‘plab so‘zlarni taniyman, ingliz tilida o‘qiy olaman va boshlang‘ich darajada gap…
  5. Sep 27, 2026➖ Beginner darslari “Ustozation” ilovasida 80 ta videodarslik va ➖ Zoom dagi 36 ta jonli d…
  6. Sep 27, 2026⏰ Sizda bir necha kun vaqt qoldi. Keyin esa: ➖ Yo Beginner guruhini biz bilan hozir boshla…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →