TGViewer
Ustoz AI Ustoz AI @ustozai · 50.3K subscribers
Post #745 24.8K
🎯 Targeting bilan bog‘liq 3 ta qiziqarli voqea |#qiziqarli

✍️ 2012-yilda Targetning ma’lumotlarni tahlil qilish jamoasi xarid qilingan mahsulotlarga qarab, homilador deb taxmin qilingan mijozlarga maxsus kuponlar yuborgan. Hali turmushga chiqmagan qizning otasi uyiga bunday kupon kelgani uchun Targetga shikoyat qilgan. Keyinchalik qiz haqiqatan ham homilador ekanligi ma’lum bo‘lgan.

✍️ AQSH prezidentlik saylovida (2012-yil) Barak Obama jamoasi targeting usullarining biridan foydalangan. Avval barcha saylovchilar haqida batafsil ma’lumot to‘plagan va ularning har biriga moslashtirilgan alohida xabarlar yuborgan. Masalan, agar saylovchi yosh bo‘lsa, ta’lim olish imtiyozlari haqidagi, keksa yoshda bo‘lsa, sog‘liqni saqlash bo‘yicha qilinadigan o‘zgarishlar haqidagi Obamaning saylovoldi dasturi yetib kelgan. Bu strategiya Obama kampaniyasiga yuqori darajada muvaffaqiyat keltirgan va u ikkinchi muddatga saylangan.

✍️ 2016-yilda chiqarilgan Pokémon Go mobil o‘yinida joylashuvga asoslangan targeting usuli qo‘llanilgan. O‘yin foydalanuvchilarni haqiqiy joylarga borib, o‘yindagi belgilarni tutishga undagan. Reklama beruvchilar Pokémon Go orqali o‘z do‘kon va restoranlariga foydalanuvchilarni jalb qilish uchun maxsus takliflar berishgan. Bu strategiya o‘yin orqali brendlar va mahalliy bizneslarga ko‘plab mijozlar oqimini olib kelgan.

📲 Targeting videokursi kanali:  @ustoz_target

🤩 Telegram | Instagram | YouTube
  • 👍 56
  • 🔥 13
  • 😁 7
  • ❤ 6
  • 👎 1
More from @ustozai
  1. Oct 18, 2026🎓 Ustoz AI’dan ta’limga katta sarmoya! 📈 Yoshlarning bilim olishi va kelajakdagi imkoniy…
  2. Oct 17, 2026📹Ustoz AI orqali sertifikat olgan yoshlarning tuman va shaharlar bo'yicha tahlili! (davom…
  3. Oct 17, 2026📹Ustoz AI orqali sertifikat olgan yoshlarning tuman(shahar)lar bo'yicha tahlili! 📎 Zamon…
  4. Oct 16, 2026📹Ustoz AI loyihasi orqali sertifikat olgan yoshlarning hududlar kesimida statistikasi 🔼I…
  5. Oct 15, 2026🚀 “ZAMONAVIY KASBLAR TANLOVI” — SHOFIRKON TUMAN BOSQICHI Shofirkon tumanida yoshlar o‘rta…
  6. Oct 14, 2026🏆 Qo‘shtepa tumanida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida zamonaviy kasblar bo‘yicha en…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →