❓Oʻquvchilarga taʼlim muassasasining binosi va uning hududida qoʻyiladigan talablarni bilasizmi?
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2026-yil 18-yanvardagi 18-son buyrugʻiga 4-ilova bilan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining namunaviy odob-axloq qoidalari” tasdiqlangan.
✅Unga koʻra taʼlim muassasasining binosi va uning hududida oʻquvchilarga qoʻyiladigan talablar:
➡️ dars jadvalida koʻrsatilgan fanlar boʻyicha barcha darsliklar va oʻquv qurollari sigʻadigan oʻquvchi uchun mos boʻlgan sumkadan foydalanish;
➡️ taʼlim muassasasiga mashgʻulotlar boshlanishidan 10-15 daqiqa oldin, maktab ustavida belgilangan oʻquvchilar libosida kelish;
➡️ toza va orasta kiyinish, sochlarni ozoda va tartibga keltirgan holda tutish;
➡️ taʼlim muassasasining barcha xonalari, zina va yoʻlaklari, shuningdek, sport va faollar zallarini toza tutish, turli xil chiqindilar tashlamaslik;
➡️ chiqindilarni muassasaning binosi va hududidagi maxsus belgilangan idishlarga tashlash;
➡️ taʼlim muassasasining mulki (parta, stol, stul, doska, oʻsimliklar, hayvonot dunyosi va hokazolar) va oʻquv jihozlari (kompyuter texnikasi, laboratoriya jihozlari, sinfxonalardagi stend va bannerlar)ga zarar yetkazmaslik;
➡️ oʻzidan kichiklarga nisbatan izzatda boʻlish, kattalarga esa hurmat koʻrsatish;
➡️ Zoʻravonlikdan tiyilish: urish-janjal, haqorat, tahdid, masxara qilish, kiberbullingdan voz kechish;
➡️ Maktublar, ijtimoiy tarmoqlarda odob-axloq me’yorlariga amal qilish;
➡️ oʻqituvchilar va taʼlim muassasasiga kelgan mehmonlar bilan uchrashganda salom berish;
➡️ taʼlim muassasasi yoʻlaklarida tinchlikni saqlash.
👉 @MMTV - MAKTAB TA'LIMI XODIMLARI KANALIGA ULANING!
Post #698
974

- ❤ 1