TGViewer
Oʻqituvchi | Maktab taʼlimi xodimlari uchun maxsus kanal Oʻqituvchi | Maktab taʼlimi xodimlari uchun maxsus kanal @ustoz · 168K subscribers
Post #10907 8.29K
❗️ 4 ta fan bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

Bugun, 16-oktabrdan boshlab matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.

Muhim sanalar:
Ro‘yxatdan o‘tish: 16–30-oktabr
To‘lov qilish: 31-oktabrgacha (31-oktabr kuni ham)
Imtihonlar: noyabr oyida


DIQQAT! Joylar soni cheklangan! Talabgorlar soniga limit belgilangan. Shu sababli, ro‘yxatdan o‘tish 30-oktabrga yetmasdan ham yopilishi mumkin. Imkon qadar ertaroq ariza topshirishingizni tavsiya etiladi.

Belgilangan muddatda to‘lovni amalga oshirmagan talabgorlarning arizalari bekor qilinadi. Bo‘shagan o‘rinlarga qayta ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi. Ariza topshirish: my.gov.uz

❗️Saytda texnik muammolar kuzatilmoqda!
Hozirda my.gov.uz saytida sekin ishlash va qotib qolish holatlari kuzatilmoqda. Shu sababli ariza topshirishda qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin.
Tavsiya: saytga vaqti-vaqti bilan qayta kirib, ro‘yxatdan o‘tishga urinib ko‘ring. Joylar cheklanganligi sababli arizani oxirgi kunlarga qoldirmang!


Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/ustoz
More from @ustoz
  1. Oct 16, 2026❗️Tezkor: Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi! my.gov.uz odatdagid…
  2. Oct 16, 2026Post #10906
  3. Oct 15, 2026#olimpiada_savollari 11-sinf Geografiya fanidan tuman bosqich olimpiada savollari 15.10.20…
  4. Oct 15, 2026#olimpiada_savollari 10-sinf Geografiya fanidan tuman bosqich olimpiada savollari 15.10.20…
  5. Oct 15, 2026#olimpiada_savollari 9-sinf Geografiya fanidan tuman bosqich olimpiada savollari 15.10.202…
  6. Oct 15, 2026#O‘zingizga kerakli hujjatni ustiga bosing va yuklab oling 🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽 🇺🇿…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →