⚡️Andijonda o‘quvchi qizlar janjali ortidan sinf rahbari lavozimidan ozod etildi
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘quvchi qizlarning sinf xonasida bir-birining sochidan tortib, mushtlashgani aks etgan video keng tarqaldi. Qayd etilishicha, holat Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi 11-maktabda uch nafar o‘quvchi qiz o‘rtasida sodir bo‘lgan.
Ushbu voqea maktab ma’muriyati, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari, profilaktika inspektori hamda o‘quvchilarning ota-onalari ishtirokida ko‘rib chiqilgan. O‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasini qo‘llash bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan. Sinfni nazorat qilishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani sababli esa sinf rahbari lavozimidan ozod etilgan.
Oylik hisoblash uchun bot
Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/ustoz
Post #10887
16.6K